4-savol Jinoyatlarni sifat ko‘rsatkichlari va miqdor ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasniflashni yoriting? Javob
Download 32.14 Kb.
|
jinoyay.y
Davomli jinoyat deganda, yagona maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan umumiy qasd doirasida birlashgan ikki va undan ortiq ijtimoiy xavfli harakatlar tushuniladi. Davomli jinoyatlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, barcha jinoyatlarning o‘zaro bog‘liqligi bir butunni tashkil qilishda namoyon bo‘ladigan barcha epizodlarning yagonaligidadir. Davomli jinoyatning alohida aktlari, ular mustaqil jinoyat xarakteriga ega bo‘lmasa, mustaqil kvalifikatsiya qilinmaydi; o‘zining yig‘indisida bir martalik jinoyat sifatida qaraladi. Masalan, o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish (JK 103moddasi), o‘zini o‘zi o‘ldirishga undash, ya’ni ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish va shunga o‘xshash holatlar. Shunday qilib, davomli jinoyat bir qator aynan o‘xshash xatti harakatlar bilan turli vaqtlarda sodir etilgan bo‘lsa-da, biroq yagona qasd bilan qamrab olingan, obyekti va sodir etish usuli, oqibatlari bir xilligi jihatidan o‘zaro o‘xshash bo‘ladi. Davomli jinoyat sodir etilishi davrida shaxs tomonidan boshqa jinoyat sodir etilgan bo‘lib, uning belgilari Jinoyat kodeksining davomli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinmasa, uning harakatlari Jinoyat kod eksining davomli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi hamda boshqa jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, aybdor mashina o‘g‘irlash maqsadida har gal zavodning kirish darvozasidan bittadan detal olib chiqib ketadi. Navbatdagi shunday holda u ushlab olinganda qilmish talon-torojning takroriyligini bildirmaydi, chunki ellik marta bo‘lsa-da, bittadan detal olib chiqib ketish aybdorning yagona maqsadi – mashina o‘g‘irlash bilan qamrab olingan.
Download 32.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling