4-savol Jinoyatlarni sifat ko‘rsatkichlari va miqdor ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasniflashni yoriting? Javob


Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat deganda


Download 32.14 Kb.
bet7/15
Sana05.01.2022
Hajmi32.14 Kb.
#223437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
jinoyay.y

Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat deganda, qonun bilan jinoiy jazo qo‘llash tahdidi bilan aybdorga yuklatilgan vazifalarning uzoq vaqt mobaynida bajarilmasligidan iborat qilmish tushuniladi va bir jinoyatning uzoqqa cho‘zilgan uzluksiz tarkibini tashkil qiladi (JK 32-moddasi 4-qismi).

Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatning o‘ziga xos belgisi uning vaqtdagi tanaffuslar bilan sodir etiladigan davomli jinoyatlardan farqli ravishda muntazam davom etishidadir. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyat tarkibini boshqa barcha jinoyat tarkiblari turlaridan ajratuvchi ikkinchi xususiyat – bu muayyan harakatni amalga oshirish majburiyatining mavjudligidir. Ushbu murakkab bir martalik jinoyatning bu turi vazifalarni bajarmaslikning nihoyasiga yetishi paytidan tugallangan deb hisoblanadi, chunki uzoqqa cho‘zilgan tarkibli jinoyatlarning obyektiv tomoni qasdning yagonaligi va jinoiy qilmishning boshlang‘ich bosqichi va aybdorning keyingi harakatlari o‘rtasidagi ichki bog‘liqlik bilan qamrab olinadigan butun davr mobaynida amalga oshiriladi. Muayyan vaqtda davom etuvchi yagona jinoyatni tashkil qiladigan vazifalarni uzoq vaqt bajarmaslik ham bitta umumiy qasdga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qancha vaqt mobaynida amalga oshirilishidan qat’i nazar, bitta jinoyat sifatida, takroran sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik aktlarini esa uzoqqa cho‘zilgan jinoyatni sodir etish bo‘yicha bitta qilmishning qatori sifatida ko‘rilishi kerak. Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarga qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish (JK 248moddasi) misol bo‘ladi. Misolda shuni ko‘rish mumkinki, o‘q-dorilar, qurol, yoki portlovchi moddalarni qonunga xilof ravishda egalik qilib turish va u qancha vaqt davom etishi, kimgadir ga‘razli maqsadda sotish ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Shuni ko‘rishimiz mumkinki, maqsadga erishish cho‘zilib ketayapti. Bunday jinoyat uzoqqa cho‘zilgan jinoyat hisoblanadi.




Download 32.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling