Jinoyat huquqi fanidan yakuniy nazorat savollari Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama eting


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#190211
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jinoyat huquqi yakuniy nazorat



Jinoyat huquqi fanidan yakuniy nazorat savollari 

1. 

Jinoyat  tarkibining  zaruriy  va  fakultativ  belgilarini 

muhokama eting. 

Bilamizki,  ijtimoiy  xavfli  qilmishni  jinoyat  sifatida  baholash  uchun  unda 

jinoyat  tarkibining  barcha elementlari  mavjud  bo‘lishi  kerak.  Shuningdek, jinoyat 

o‘zining  jinoyat  qonuniga  xilofligi,  ijtimoiy  xavfliligi,  aybliligi  hamda  jazoga 

sazovorligi bilan boshqa huquqbuzarliklardan ajralib turadi. Bundan tashqari,  sodir 

etilgan  ijtimoiy  xavfli  qilmishda  jinoyat  tarkibining  zaruriy  va  fakultativ  belgilari 

mavjud bo‘lishi, o‘z o‘rnida, ushbu qilmishni Jinoyat kodeksi Maxsus qismi konkret 

jinoyat-huquqiy  normasi  bilan  kvalifikatsiya  qilinishini  belgilaydi.  Shu  boisdan 

ham,  quyida  jinoyat  tarkibi,  hamda  uning  zaruriy  va  fakultativ  belgilari  xususida 

so‘z yuritamiz.  

Amaldagi Jinoyat qonunimizda,  Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat 

tarkibining  barcha  alomatlari  mavjud  bo‘lgan  qilmishni  sodir  etish  javobgarlikka 

tortish  uchun  asos  bo‘lishi  belgilangan.

1

  Demak,  sodir  etilgan  etilgan  qilmishda 



jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo‘lmasligi jinoiy javobgarlikni istisno 

etadi.  Shunga ko‘ra, sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishdagi jinoyat tarkibini to‘g‘ri 

aniqlanishi jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun asos hisoblanadi. Bu esa o‘z 

navbatida,  odil  sudlovni  amalga  oshirish  va  qonunchilikni  mustahkamlash  hamda 

pirovard natijada ayblanuvchining taqdirini hal etishda katta ahamiyatga egadir.  

O‘z  o‘rnida,  jinoyat  tarkibi  deganda,    ijtimoiy  xavfli  qilmishni  jinoyat 

sifatida  baholashning  jinoyat  qonunida  nazarda  tutilgan  obyektiv  va  subyektiv 

belgilar yig‘indisi tushuniladi. Shuningdek, 

 

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat 



kodeksida  jinoyat  tarkibiga  berilgan  ta’rif  prinsipial  ahamiyat  kasb  etadi.  Unga 

ko‘ra,  qilmishida  jinoyat  tarkibining  mavjudligi  aniqlangan  har  bir  shaxs 

javobgarlikka  tortilishi  shart

2

.  Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  aytish  mumkinki, 



                                                           

1

 O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi, 14-moddasi 2-qismi 



2

 O`zbekiston Respublikasi JKning 10-moddasi 




jinoyat tarkibi qilmishni jinoyat sifatida e’tirof etishning huquqiy asosi sanaladi. Shu 

jihatdan,  jinoiy  javobgarlik  asosi  sifatida  jinoyat  tarkibining  ahamiyatiga  e’tibor 

qaratish maqsadga muvofiq. 

Shunga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasi  JK  Maxsus  qismining  har  bir 

moddasida qanday qilmish qaysi belgi va asoslarga ko‘ra jinoyat sanalishi ko‘rsatib 

o‘tilgan.  Demak,  bunday  belgilar  mavjudligi  qilmishda  jinoyat  tarkibi  borligini 

anglatadi.  

Jinoyat tarkibi elementlari esa quyidagilar hisoblanadi: 

  jinoyat obyekti; 

  jinoyatning obyektiv tomoni; 

  jinoyatning subyekt tomoni; 

  jinoyat subyekti. 

Jinoyat  tarkibi  elementlari  bir-biri  bilan  uzviy  bog‘liq  hisoblanadi. 

So‘zimizning boshida aytganimizdek, ushbu belgilarning aqalli bittasining yo‘qligi 

yoki JKning tegishli moddasi dispozitsiyasiga muvofiq emasligi, shaxs sodir etgan 

qilmishda jinoyat tarkibi mavjud emasligi haqida xulosa qilish imkonini beradi.  

Yuqoridagi har bir jinoyat tarkibida uning elementlarini va umuman tarkibni 

tashkil etadigan va muayyan jinoyat tarkibiga xos bo‘lgan belgilar mavjud. Shunga 

ko‘ra,  obyektiv  va  subyektiv  elementlar  zaruriy  va  fakultativ  belgilarga  ega 

hisoblanadi.  Belgilarning  bunday  mezon  bo‘yicha  tasniflanish  orqali  qilmishni 

to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga erishiladi.  


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling