Jinoyat huquqi fanidan yakuniy nazorat savollari Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama eting


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#190211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jinoyat huquqi yakuniy nazorat

Jinoyat  obyekti  –  jinoyat  sodir  etishda  jinoiy  tajovuz  qaratilgan  hamda 

jinoyat  qonuni  bilan  qo‘riqlanadigan  ijtimoiy  munosabat.  Demak,  bundan 

ko‘rinadiki, mazkur vaziyatda jinoyatning obyekti – mulk huquqi. Vertikalligiga ko‘ra 

jinoyat  obyekti  turdosh  obyekt,  ya’ni  Jinoyat  kodeksining  Maxsus  qismida 

iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar (maxsus obyekt) o‘z ichiga o‘zgalar mulkini talon-

taroj  qilish  kabi  jinoyatlarni  oladi.  Gorizantalligiga  ko‘ra  esa  asosiy  obyekt,  ya’ni 

bunda  A.  Sabirov  va  I.  Obidovaning  jinoyati  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  XATB  “Davr 

bank”dan  kreditga  nisbatan  mulk  huquqiga  qaratilgan.  Har  qanday  jinoyat 

tarkibining  zaruriy  elementi  bo‘lgan  jinoyat  obyektidan  farqli  ravishda  jinoyat 

predmeti fakultativ belgi hisoblanadi. Mazkur kazusda jinoyat predmeti  – XATB 

“Davr  bank”ning  Mirzo  Ulug‘bek  tuman  filialidan  2019-yilning  mart  oyida 

200.000.000  so‘m  va  oktyabr  oyida  1.000.000.000  so‘m  miqdorida  kredit 

mablag‘lari hisoblanadi. 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling