Jinoyat huquqi fanidan yakuniy nazorat savollari Jinoyat tarkibining zaruriy va fakultativ belgilarini muhokama eting


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#190211
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jinoyat huquqi yakuniy nazorat

 

 


Xulosa 

Yuqoridagi  fikrlarni  umumlashtirib  quyidagicha  xulosaga  kelishimiz 

mumkin: ushbu kazusda A.Sabirov va I.Obidovaning  qilmishi jinoyat deb topilishi 

uchun barcha  belgilarga ega. Shuningdek,  jinoyatda ishtirokchilik  mavjud. Bunda 

A.  Sabirov  –  tashkilotchi,  I.  Obidova  esa  yordamchi.  Kazusimizda  yoritilgan 

jinoyatdagi ishtirokchilik murakkab ishtirokchilik shaklida bo‘lgan. Jinoyatning  u 

yoki boshqa tarkibini kvalifikatsiya qilishda nafaqat uning sodir etilishida shaxsning 

birgalikdagi  ishtirokiga,  balki  ishtirokchilikning  muayyan  alomatlari  va  turlariga 

ham  e’tibor  qaratish  zarur,  bu  esa  adolat,  qonuniylik  prinsiplari  amalga 

oshirilishining  kafolatidir.  Shu  va  yuqoridagi  normativ-huquqiy  hujjatlar  asosida 

qilingan  qilmishning  tahliliga  binoan,  “Zangiotametallsavdo”  MChJ  rahbari 

lavozimida  ishlab  kelgan  A.Sabirov  Toshkent  shahar,  Mirzo  Ulug‘bek  tumani  1-

sonli  davlat  notarial  idorasida  notarius  lavozimida  ishlab  kelgan  I.Obidova  bilan 

jinoiy til biriktirib, bankdan kredit mablag‘larini olish uchun 2018-yil 23-mart kuni 

fuqaro  Z.  Xalmuratovani  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan  AQSH  davlatiga 

ketganligini  bila  turib,  uning  Mirzo  Ulug‘bek,  A.Qaxxor  ko‘chasi,  10-A  uyini 

garovga  qo‘yishga  rozilik  berish  to‘g‘risidagi  arizasini  va  undagi  imzosini 

qalbakilashtirib,  ushbu  arizani  qalbaki  ekanligini  bila  turib,  undan  foydalanib, 

XATB “Davr bank”ning Mirzo Ulug‘bek tuman filialidan 2019 yilning mart oyida 

200.000.000  so‘m  va  oktyabr  oyida  1.000.000.000  so‘m  miqdorida  kredit 

mablag‘larini  “Zangiotametallsavdo”  MChJning  hisob  raqamiga  tushirilishiga 

erishganliklarini – A. Sabirov hamda tashkilotchi, I. Obidovning harakatlarini, soxta 

hujjatdan  foydalanib,  bankdan  firibgarlik  yo‘li  bilan  kredit  mablag‘larini  2  marta 

olganliklarini firibgarlik jinoyati sifatida baholab, jinoyatni sodir etishda takroranlik 

belgisi mavjud bo‘lganligi bois, JK 168-moddasi 3-qismi “b”  bandi kavlifikatsiya 

qilinishi mumkin. 

 

 

 





Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling