4-savol Jinoyatlarni sifat ko‘rsatkichlari va miqdor ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasniflashni yoriting? Javob
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarning bir qancha jinoyat sodir etishdan farqi
Download 32.14 Kb.
|
jinoyay.y
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoyat tarkibi
Uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarning bir qancha jinoyat sodir etishdan farqi shundaki, unda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun ma’lum bir vaqt talab etiladi. Bir qancha jinoyat sodir etishda esa bir vaqtning o‘zida bir nechta jinoyat sodir etilsa, uzoqqa cho‘zilgan jinoyatlarda m’lum bir vaqt ketishi mumkin. Ushbu murakkab bir martalik jinoyatning bu turi vazifalarni bajarmaslikning nihoyasiga yetishi paytidan tugallangan deb hisoblanadi.
8-kazus L. ismli shaxs 2019 yil 5 avgust kuni D. ismli shaxs hamda Qirg‘iziston Respublikasida yashovchi J. ismli shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, 2019 yil 6 avgust kuni soat 23 00 larda “J” tomonidan “O‘zbek-Qirg‘iz” davlat chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan umumiy qiymati 351.634.516 so‘mlik 132 turdagi dori vositalarini qabul qilib, ularni kelgusida Toshkent shahrida yashovchi notanish shaxslarga yetkazib berish uchun D.ismli shaxsning yashash uyiga joylashtirishgan paytida HMQO xodimlari tomonidan qo‘lga olinadilar. Vaziyatdan kelib chiqib jinoyat predmetini tahlil qiling va predmetning obyektdan farqli jihatlarini asoslab bering. Bo‘lib o‘tgan voqeani o‘rganing, qilmishni yuridik tahlil eting (obyekt, obyektiv tomon, subyekt, subyektiv tomonlarni aniqlang). Javob Yuqoridagi vaziyatga baho beradigan bo‘lsak, avvalo, bu kazusdan biz jinoyat tarkibini ko‘rib chiqamiz. Jinoyat tarkibi tushunchasi va uning qanday turlari mavjud? Jinoyat predmeti nima? Jinoyat predmetining jinoyat obyektidan farqi nima? Yuqoridagi kazusda jinoyat obyekt, obyektiv tomon, subyekt, subyektiv tomonlariga to‘xtalamiz. “Jinoyat tarkibi – aniq ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur bo‘lgan obyektiv va subyekt elementlar yig‘indisi tushuniladi. Bu elementlar jinoyat qonunida mustahkamlanganligi bois, u yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat deb baholanmog‘i uchun zarur hisoblanadi”1. Ko`rib turganimizdek, jinoyat tarkibi biror ijtimoiy xafli qilmishni jinoyat deb topish uchun zarur bo`lgan elementlar yig`indisini ifodalaydi. Jinoyat tarkibi ijtimoiy havfli qilmish sodir etgan shaxsni jinoiy jazoga tortishga asos bo`lib hizmat qiladi. Har bir jinoyat tarkibining obektiv va subektiv tomonlari yani elementlari mavjud bo`ladi. Jinoyatning obektiv tomoni jinoyatning obyekti va obyektiv tomoni, subyektiv tomoni esa, jinoyatning subyekti va subyektiv tomonlaridan iborat. Bular bir butun holda mujassamlashib jinoyat tarkibining elementlarini ifoda etadi va qilmishni jinoyat qonunchiligiga asosan kvalifikatsiya qilishga yordam beradi. Agar sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishda yuqoridagi elementlarning birontasi mavjud bo`lmasa jinoiy javobgarlikka tortib bo`lmaydi. Download 32.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling