Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Jinoyatlarning boshqa turlariga qaraganda ushbu turkum jinoyatlar qolgan uch turkum jinoyatlariga nisbatan kamroq ahamiyat kasb etadi. Shunisi xarakterliki, jamiyat uchun unchalik katta xavf tug‘dirmaydigan qilmishlarga ma’muriy preyuditsiya mavjud bo‘lgan hollarda javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar kiradi, ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs bir yil davomida yana shunga o‘xshash huquqbuzarlikni sodir etsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |