Tamom bо‘lmagan jinoyatlar reja


Download 108.5 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi108.5 Kb.
#1414161
  1   2   3   4
Bog'liq
TAMOM BО‘LMAGAN JINOYATLAR


TAMOM BО‘LMAGAN JINOYATLAR
Reja :
1. Tamom bо‘lmagan jinoyatlar tushunchasi va ularning turlari.
2. Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish
3. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish
4. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish


  1. Tamom bо‘lmagan jinoyatlar tushunchasi va ularning turlari.

О‘zR JKning VI bobida tamom bо‘lmagan jinoyatlar tushunchasi va ularning turlari nazarda tutilgan.
Qasddan sodir etiladigan jinoyatlar uchta bosqichdan iborat bо‘ladi. Bular quyidagilardir:

  1. jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish;

  2. jinoyat sodir etishga suiqasd qilish;

  3. tamom bо‘lgan jinoyat.

Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish va sodir etishga suiqasd qilish va ularni sodir etish qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlarni aniq xavf ostida qoldiradi. Shunga kо‘ra, bunday jinoyatlarda tamom bо‘lmagan jinoyat tarkibi, ya’ni jinoyatga suiqasd qilish tarkibi mavjud bо‘ladi.
Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rishni umumiy tarzda ifodalaganda, jinoyatni sodir qilish uchun aniq sharoit yaratadi. Aybdor bunda jinoyatga tayyorgarlik kо‘rishning obyektiv tomonini bajaradi.
Jinoyatga suiqasd qilishda esa, bevosita jinoyatni amalga oshirish harakatlari boshlanadi va jinoiy maqsadni qisman amalga oshirgan bо‘lishi mumkin Ammo aybdor о‘zining irodasiga bog‘liq bо‘lmagan holda jinoyatni oxiriga yetkaza olmaydi. Tamom bо‘lgan jinoyatda esa muayyan jinoyat tarkibining barcha belgilari tо‘la amalga oshiriladi.
Faqat tо‘g‘ri qasddan sodir etiladigan jinoyatlardagina jinoyat bosqichlari bо‘ladi. Quyidagi jinoyatlarda jinoyat bosqichlari bо‘lmaydi:

  • egri qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda;

  • ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlarda.

2. Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish
Amaldagi Jinoyat kodeksi 25-moddasi 1-qismida jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish tushunchasi berilgan bо‘lib, unga kо‘ra “Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etish yoki yashirish uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi о‘ziga bog‘liq bо‘lmagan holatlarga kо‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar tо‘xtatilgan bо‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish deb topiladi”, deyilgan.
Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish tarkibi alohida xususiyatga ega bо‘lib, u obyektiv va subyektiv tomondan namoyon bо‘ladi.
Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish obyektiv tomondan quyidagi harakatlarda ifodalanishi mumkin:
- jinoyatni sodir etish vositasi yoki qurollarini qidirib topish, ya’ni xohlagan yо‘l bilan jinoyatni sodir etish vositasi hamda (yoki) qurollariga ega bо‘lish. Jinoyatni sodir etish vositasi va qurollariga ega bо‘lish qonuniy (masalan, aholi yashash joylariga qonunga xilof ravishda kirish maqsadida chilangarlik asbobini dо‘kondan xarid qilish, narkotik moddalarni yashirish hamda ularni noqonuniy tarzda chegaradan olib о‘tish maqsadida avtotransport vositasini tanishidan vaqtincha ijaraga olish va h. k.) yoxud noqonuniy bо‘lishi mumkin (masalan, bosqinchilik hujumlarida foydalanish maqsadida о‘q otish qurolini о‘g‘irlash, о‘g‘irlangan mol-mulkni tashish maqsadida avtotransport vositasini olib qochish va h. k.);
- jinoyat sodir etish vositasi va qurollarini moslashtirish, ya’ni qasd qilingan jinoyat sodir etishda foydalanish maqsadida qо‘l ostidagi buyumlarning kо‘rinishini о‘zgartirish hamda qayta ishlash
- jinoyat sodir etish vositasi va qurollarini yasash, ya’ni ularni yarimfabrikatlar, yarimmahsulot, xomashyodan zavodda yoki hunarmandchilik usuli bilan yasash (masalan, fuqarolarga tegishli mulkka noqonuniy tarzda egalik qilish maqsadida, militsiya xodimining qalbaki guvohnomasini yasash, uy-joyga kirish uchun eshik ochadigan moslamalarni tayyorlash, firibgarlik yо‘li bilan pul о‘g‘irlash maqsadida hujjatlarni qalbakilashtirish va h. k.);
- jinoyat sodir etiladigan joyni va vaqtni о‘rganish (masalan, dо‘kondan mol о‘g‘irlashga ahd qilgan shaxs dastlab dо‘konning ish tartibi, ish kunining boshlanishi va yakunlanishi, qо‘riqlash xizmatining ish tartibi hamda dо‘konni aylanish vaqti va yо‘nalishini, dо‘kon ichiga kirishning eng qulay va xavfsiz yо‘llarini о‘rganish);
- jinoyatni sodir etish imkoniyatlarni aniqlash (masalan, qо‘riqlash texnikasining ishonchliligi, xavfsizlik xizmatining mavjudligi, uning qurollanganligi, sifat va son hamda bank bо‘limini talon-taroj qilishda xavf-xatarni kuchaytirishi yoki kamaytirishi mumkin bо‘lgan boshqa holatlarni о‘rganish);
- jinoyatni sodir etish vaqtida kо‘zlangan maqsadga erishishga xalaqit berishi mumkin bо‘lgan tо‘siqlarni bartaraf etish usullarini о‘ylab topish (masalan, shaxsni о‘ldirish maqsadida uni qо‘riqlayotgan soqchilarni chalg‘itish xonaga yashirincha jinoiy maqsadda kirish uchun signalizatsiya va telekuzatuv vositalarini ishdan chiqarish);
- jinoyat ishtirokchilarini jalb etish, jinoiy guruhlar tuzish, ya’ni bir yoki bir nechta jinoyatlar sodir etish uchun о‘z maqsadlarini birlashtira oladigan shaxslarni qidirib topish.
Jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish tarkibining subyektiv tomoniga xos jihat shundaki, u faqat tо‘g‘ri qasd bilan sodir etiladi, ya’ni shaxs о‘z xatti-harakatlari keyinchalik jinoyatni amalga oshirishga hamda uni yashirishga shart-sharoit yarata oladi, deb о‘ylaydi va buni xohlaydi.

Download 108.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling