Bekobod tumani 8- umumiy o'rta-ta'lim maktabida “Voyaga yetmaganlar” o’rtasida o’z joniga qasd va suiqasd qilish yuzasidan o’tkazilgan yig’ilish bayonnomasi


Download 46.5 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi46.5 Kb.
#1510701
  1   2
Bog'liq
Odam savdosi bayonnoma


Bekobod tumani 8- umumiy o'rta-ta'lim maktabida “Voyaga yetmaganlar” o’rtasida o’z joniga qasd va suiqasd qilishni oldini olish, odam savdosi, yuzasidan o’tkazilgan yig’ilish bayonnomasi

2021-yil 8-maktab


Qatnashdilar :
Maktab direktori : I.Rahmatov
MMIBDO’: S.Qobilov
tuman prokuror katta yordamchisi: U Ibragimov
9-10-11-sinf o’quvchilari
14 nafar o’qituvchilar

Kun tartibi


1.“Voyaga yetmaganlar” o’rtasida o’z joniga qasd va suiqasd qilishni oldini olish.
2.Odam savdosi
3.Giyohvandlikka qarshi kurashish.

Eshitildi:


Yig’ilishni maktab direktori Imomali Raxmatov so’zga chiqdi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan so’z navbatini MMIBDO” Sodiqjon Qobilovga berdi


Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar bo’yicha o’quvchilarga kerakli ma’lumotlar , tavsiyalar va maslahatlar berib, so’ng maktabning psixologi M Sirojiddinova o’quvchilarga psixologik maslahatlar berib o’tdi. So’z avvalida psixolog tomonidan diqqatni jalb qiluvchi trening mashg’uloti o’tkazildi. Bolaga qo’yilgan taqiq va cheklovlar to’g’risida, uning oqibatlari to’g’risida to’xtalib, o’qituvchilarga trening mashg’uloti ko’rinishida izoxlab berdi. O’quvchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha to’liq javob qaytardi.
Bekobod tuman prokurori katta yordamchisi U. Ibragimov o’z so’zida quyidagilarni so’zladi. -Ushbu muammo umumjahon miqyosda e'tirof etilib, ko'pgina olimlar va tadqiqotchilar tomonidan chuqur o'rganilayotganligiga qaramasdan, bu borada hozirga qadar yetarlicha umumlashgan ma'lumotlar taqdim etilmagan. 2000 yildagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining “BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konventsiyasiga odam savdosi va ayniqsa, ayollar va bolalar savdosining oldini olish va taqiqlash hamda bunday xatti-harakatlarga nisbatan “odamlar savdosi” tushunchasi o'zining rasmiy izohiga ega bo'ldi deb - o’z so’zini yakunladi.
Ikkinchi masala yuzasida maktabning MMIBDO’ S Qobilov so’zga chiqdi. U o’z so’zida “odamlar savdosi” eksplutatsiya qilish maqsadida odamlarni kuch ishlatish yoki kuch ishlatish bilan qo'rqitib yoxud boshqacha majburlash choralarini qo'llab yoxud o'g'irlab yoki firibgarlik yo'li bilan yoxud aldash yoki davlat vakolatlarini, tutgan mavqeini suiiste'mol qilgan holda yoki bir shaxsning nazoratidagi boshqa bir shaxsni sotib olish yo'li bilan ularni yollash, o'tkazish, tashish, saqlash yoki ularni olish hisoblandi.
Odam savdosi jinoiy faoliyatning o'ta xavfli va tahqirlovchi turidir. Tahqirlanish shunda namoyon bo'ladiki, mazkur jinoyat qullikka o'xshash shakllarda sodir qilinadi. Bundan tashqari, insonni ekspluatatsiya qilish, insonni “tovar” sifatida sotish, inson omilllaridan foydalanish yo'li bilan daromad orttirish bilan bog'liqligi sababli tahqirlovchi mazmun-mohiyat kasb etadi.

Maktab direktori : I.Rahmatov


MMIBDO’: S.Qobilov

Bekobod tumani 8- umumiy o'rta-ta'lim maktabida


Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling