Bir qancha jinoyat sodir etish – bir shaxs tomonidan bir vaqtning o‘zida yoki ketma-ket tamomlangan yoki tamomlanmagan bo‘lishidan, shaxsan o‘zi yoki ishtirokchilikda sodir etilgan yoki etilmagan bo‘lishidan qat’i nazar, ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy-huquqiy oqibatlar mavjudlik sharti bo‘lganda, ikki yoki undan ortiq har biri jinoyatlarning mustaqil tarkibini tashkil etuvchi jinoiy qilmish sodir etishdan iboratdir.
Davomli jinoyatning bir qancha jinoyat sodir etishdan farqiga to‘xtaladigan bo‘lsak, davomli jinoyatda ko‘zlangan maqsadga erishish uchun bosha jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga dahil qilmaydi. Misol uchun aybdor mashina o‘g‘irlash maqsadida har gal zavodning kirish darvozasidan bittadan detal olib chiqib ketadi. Bir qancha jinoyat sodir etishda esa bir vaqtning o‘zida bir nechta jinoyat sodir etiladi. Masalan, shaxs tomonidan o‘zganing mulki bo‘lgan mashinani o‘marish vaqtida u mulkdorni urib, pichoqlab mashinani olib qochishi, bundan tashqari voqeani guvohi bo‘lgan shaxsni ham mashina bilan urib yuborishi bir qancha jinoyat sodir etishga misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |