Og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda og‘ir jazo sifatida besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. (JK 155-moddasi 4qismi). Ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasi eng yuqori jinoyatlar – o‘ta og‘ir jinoyatlardir.
O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi (JK 155-moddasi 5-qismi). Bu turkumdagi jinoyatlarga qonun chiqaruvchi, eng avvalo, shaxs hayoti va sog‘liqiga qarshi qaratilgan qasddan sodir qilinadigan jinoyatlar, shuningdek, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni kiritgan. Jinoyatni tegishli turkumga kiritish JKda belgilangan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Retsidiv jinoyatni xavfli yoki o‘ta xavfli deb topish masalasi shaxsning ilgari sodir qilgan uncha og‘ir bo‘lmagan, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyati uchun necha marotaba sudlanganligiga qarab, hal qilinadi (JK 34-moddasi); umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi faqat o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun tayinlanishi mumkin (JK 51-moddasi); shaxs jazoni o‘taydigan koloniyaning turi sodir etilgan jinoyat qaysi turkumga kirishi bilan bog‘liq holatda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |