Jinoyat predmeti – moddiy tusdagi narsa, jism bo‘lib, jinoyat sodir etayotgan shaxsning jinoiy qilmishi natijasida unga bevosita ta’sir ko‘rsatiladi. Jinoyat predmeti – jinoyat tarkibining fakultativ belgisi. Jinoyat predmetiga ta’sir etish orqali jinoyat sodir etayotgan shaxs ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Biroq, jinoyat predmeti jinoyat sodir etilishida jinoyat predmeti sifatida ishtirok etgan hollardagina mavjud bo‘ladi va ijtimoiy munosabatning bir qismi sanaladi. Jinoyat predmetining ajratib ko‘rsatilishining mohiyati jinoiy qasdning ijtimoiy munosabat – obyektga qaratilganligini tushunib yetishda ifodalanadi. Shunga ko‘ra jinoyat predmeti deganda jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatda mavjud bo‘lgan moddiy yoki nomoddiy ne’mat tushuniladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, jinoyat predmeti bevosita jinoyat sodir etayotgan shaxsning qasdi bevosita qaratilgan obyektning muayyan qismi. Aynan jinoyat predmeti orqali jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaziladi. Jinoyat predmeti jinoiy qasd qaratilgan obyektning markaziy qismi hisoblanadi. O‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarda mulk jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sanaladi. Shunga ko‘ra talon-toroj qilish yoki mulkka qarshi boshqa jinoyatlarda jinoyat predmeti quyidagicha bo‘lishi mumkin: pul, turli qimmatliklar, antikvariat va zebu-ziynat buyumlari, ijtimoiy-maishiy tusdagi jismlar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |