1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing


Download 1.75 Mb.
bet1/36
Sana06.05.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1433617
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari


Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari
1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing.
Tirik hujayralarda kimyoviy jarayonlarni va modda almashinuvini
boshqarishda bevosita ishtirok etuvchi, asosiy omillardan eng
birinchisifermentlardir (lotincha fermeptum-achitqi). Ular oqsil tabiatga ega bo’lib,
biologic katalizatorlik vazifasini bajaradi.Fermentlar to’g`risidagi birinchi
ma’lumotlar XVII asrda golland olimi Van Gelmond tomonidan spirtli bijg`ishda
aniqlagan va “ferment” atamasini taklif qilgan. XVIII asr oxirida Reomyura va
Spallanstiya yirtqich xayvonlar me’da shirasida go’shtni hazmlanishi mexanik
ta’sirda emas, balki kimyoviy jarayon tufayli amalga oshishini isbotlaganlar. 1836-
yili esa T.Shvann me’da shirasida pepsin fermenti borligini kashf qilgan. XIX
asrning oxirlarida fermentlarga enzim (yunoncha en-ichki, zume- achitqi) deb ham
nom berilgan. Biologik katalizatorlarga berilgan ikki nom achish jarayonini
o’rganishdan kelib chiqqan.
Rus olimi K.S. Kirxgoff birinchi bor kraxmalni shakarga aylanishida
kimyoviy moddalar (fermentlar) ishtirokini ko’rsatgan bo’lsa, 1837-yili Payen va
Perso ularni ajratib olgan va termobilligini aniqlaganlar.
Organizmda sodir bo’ladigan modda almashinuvi va bu jarayonning tashqi
muhit bilan bevosita aloqada bo’lishi, oddiy sharoitda, engil holatda amalga
oshishi fermentlarning bevosita faoliyatidandir. Tirik hujayrada sodir bo’ladigan
reakstiyalarni laboratoriya sharoitida amalga oshishi kerak bo’lsa, reakstiyaga
kirishayotgan substratni yoqish, kuchli bosim yoki konstentrlangan ishqor va
kislotalar bilan ta’sirlantirilsa ko’zlangan maqsadga erishiladi. Organizmda esa,
murakkab reakstiyalar katalizator-fermentlar yordamida osongina amalga oshadi.
Shu yili Bersellius fermentlarni anorganik katalizatorlar bilan solishtirgan. M.M.
Manasteina, G.Buxner va E.Buxner bu yo’nalishdagi ishlarni davom ettirgan,
1890-yilda esa E. Fisher fermentlar spestifikligini “qulf-kalit” nazariyasi asosida
ishlashini isbotlagan. Ushbu nazariya asosida 1903- yilda Viktor Genri
fermentlarning ta’sir mexanizmini tasvirlaydigan matematik modelini taklif qiladi.
XIX asr oxirida Kyune “enzim” atamasini fanga kiritgan. XX asrning
boshlarida I.P. Pavlov oshqozon-ichak yo’llarida fermentlar nofaol-proferment
holatda bo’lishini, tripsinogenni enterokinaza ta’sirida faollanishini ko’rsatadi va
fermentlar faolligini aniqlash usullarini yaratadi.
Mixaelis va Menten 1913-yilda fermentlar ta’sir etish mexanizmi va
fermentativ kinetikani yaratishadi.
Biokimyo fanining mazkur sohasini-enzimologiya deb ataladi. Bu bo’lim
fermentlarni ajratish,tozalash, molekulyar strukturasi, massasi unga ta’sir qiluvchi
fizika-kimyoviy agentlarning faoliyatini o’rganadi. Inson amaliy faoliyatida xomashyoni qayta ishlash va oziq-ovqat tayyorlashda har xil fermentativ jarayonlardan
foydalanib kelgan. Achitqi zamburug`idan non yopishda, sumalak pishirishda esa
unayotgan bug`doy donidan olingan shiralardan foydalaniladi.
Fermentlarni amaliy asosda o’rganish XVIII va XIX asrlardan boshlandi.
Bu sohada nemis kimyogari Yu.Libix, mikrobiologiya faniga asos solgan franstuz
olimi L.Pasterlar achish jarayonini tirik organizmdagi maxsus kimyoviy moddalar
(fermentlar) bilan bog`laganlar.
1926-yili Dj.Samner UREAZA fermentini kristall holda oladi va uni oqsil
tabiatli ekanligini aniqlaydi. 1948-yilda Linus Poling fermentativ jarayonda
fermentning faol markazi muxim ekanligini aniqlaydi.
Fermentlar haqidagi ta’limotning keyingi rivojlanishi fizika va kolloid
kimyo fanlari erishgan yutuqlar bilan bog`liq.
• 1957-yili Viland va Pfleyderer fermentlarni molekulyar shakllardaizoferment
ekanligini isbotlaydi. 1960-yilda Fillips lizotstimni uchlamchi
strukturasini rentgenostruktur tahlil orqali aniqlaydi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling