1. Enzimologiya fanining rivojlanish tarixini va bosqichlarini yozing
Download 1.75 Mb.
|
Enzimologiyadan yakuniy nazorat ishi javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аллостерик эффекторлар
- 3. Ферментнинг фаол марказига таъсир қилмайдиган ўзгаришлар киритадиган моддалар.
- 21. Fermentlar faolligini gormonal boshqarilishini misollar bilan yozing.
- 22. Fermentlar faolligini allosterik boshqarilishini misollar bilan yozing. Allosterik boshqarilish
Активаторлар– бу ферментатив реакция тезлигини оширувчи
моддалардир. Активатор турлари: 1. Фаол марказга таъсир қилувчи моддалар. Буларга метал ионлари (Na+, K+, Fe2+, Co2+, Cu2+, Ca2+, Zn2+, Mg2+, Mn2+ и др.) киради. Баъзи ҳолларда метал ионлари ферментнинг кофактори вазифасини бажаради. Бошқа ҳолларда эса субстратнинг фермент фаол марказига боғланишига хизмат қилади. Метал ионлари организмда фермент активлиги пасайиб кетган ҳолдагина унинг активлигини оширади. 2. Аллостерик эффекторлар, яъни ферментнинг аллостерик (апофермент) участкасини фаоллаштирувчилардир. Бу омиллар оқсил молекуласининг конформациясини ўзгаришига олиб келади ва субстратни актив марказга боғланиши ва трансформацияси тезлашишига олиб келади. Шу сабабли ферментнинг иш самарадорлиги ортади (аллостерик активатор) ёки камаяди (аллостерик ингибитор). Ферментларнинг аллостерик эффекторларига метаболитлар, гормонлар, метал ионлари, нуклеозидлар - АТФ, АДФ, АМФ. 3. Ферментнинг фаол марказига таъсир қилмайдиган ўзгаришлар киритадиган моддалар. Бундай модификациянинг бир нечта вариантлари мавжуд: - маълум бир модификация қилувчи гурухни фермент молекуласига бириктириш йўли билан фаоллашади. Масалан: липаза активлигини тартибга солиш. АТФ нинг АДФ га айланиши Липаза Протеинкиназа ─СН2ОН ─СН2─О─Р─ОН фосфатаза │ Н3РО4 О. 21. Fermentlar faolligini gormonal boshqarilishini misollar bilan yozing. Gormonal boshqarilish. Oqsil tabiatli gormonlar va aminokislota hosilalari hujayraviy fermentlarni adenilatsiklaza tizimi orqali, steroid gormonlar va tiroksin gen darajasida fermentlar sintezini jadallashtiradi. 22. Fermentlar faolligini allosterik boshqarilishini misollar bilan yozing. Allosterik boshqarilish. Ko‘pgina fermentlar, faollikni oshiruvchi yoki pasaytiruvchi, ma’lum bir metabolitlar bilan qayta bog‘lanishi mumkin. Bunday metabolitlar effektorlar deb yuritiladilar. Effektor fermentning katalitik faol markazi bilan bog‘lanmasdan, maxsus boshqaruvchi – allosterik markazga bog‘lanadi. Allosterik fermentlar odatda 2 yoki undan ortiq subbirliklardan tashkil topgan. Bir subbirlikda katalitik markaz (katalitik subbirlik), boshqasida – boshqaruvchi markaz (boshqaruvchi subbirlik) mavjud. Allosterik ingibitor bo‘lmagan sharoitda substrat katalitik faol markaz bilan bog‘lanadi va reaksiya sodir bo‘ladi. Agar muhitda allosterik ingibitor bo‘lsa, u boshqariluvchi markaz bilan bog‘lanadi, natijada boshqaruvchi subbirlikning konformatsiyasini o‘zgartiradi; buning natijasida katalitik subbirlikning, katalitik markazning ham konformatsiyasi o‘zgarib, natijada fermentning faolligi pasayadi. Allosterik ingibitorning konsentratsiyasi qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p ferment molekulasi u bilan bog‘lanadi va substratning parchalanish tezligi shuncha past bo‘ladi. Allosterik aktivatorlar ta’sir etganda xuddi shu yo‘sinda fermentning faolligi ortadi. Misol tariqasida, uridintrifosfat (UTF) sintezining boshqarilishini ko‘rib chiqamiz. Tuzilishi bo‘yicha UTF ATFga o‘xshaydi. UTF sintezining metabolik yo‘li 8 reaksiyani o‘z ichiga oladi. Birinchi reaksiya karbamoilfosfatsintetaza II bilan boshqariladi. Reaksiya natijasi – karbomoilfosfat – uglerod ikki oksidi, glutaminning amid guruhi va ATFning fosfat qoldig‘idan hosil bo‘ladi; ATF energiya manbai bo‘lib ham xizmat qiladi. Karbamoilfosfatsintetaza II – allosterik ferment: metabolik yo‘lning oxirgi mahsuloti – UTF – uning allosterik ingibitori hisoblanadi. UTF konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha UTF sintezi past bo‘ladi. Sarflanish tezligi hujayraning ehtiyojiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday boshqarilish manfiy qayta bog‘lanish orqali boshqarilish deb yuritiladi. Oqsil ingibitorlari bilan boshqarilish. Oqsillarni fosforlovchi fermentlar proteinkinazalar faolligining ingibitorlari bilan boshqarilishning muhim misollaridan hisoblanadi. Proteinkinaza faol shaklda bitta polipeptid zanjirdan iborat (C subbirlik). Hujayrada C oqsil bilan birika oladigan oqsil mavjud (R subbirlik). Hosil bo‘lgan tetramer R2C2 kompleks fermentativ faollikka ega emas. Fermentning faollanishi sAMF ishtirokida boradi. R subbirlik yuzasida sAMFni bog‘lovchi markaz bor: sAMF bog‘langandan keyin oqsilning konformatsiyasi o‘zgaradi va R subbirlikning C subbirlikka mos kelishi pasayadi, kompleks dissotsiatsiyaga uchraydi: R2C2 + 2sAMF → R2s AMF2 + 2C Bu jarayon qaytar bo‘lganligi sababli, hujayrada sAMF miqdorining ortishi proteinkinazaning faollanishiga olib keladi. Bu jarayonning pasayishi esa – ingibirlanishni vujudga keltiradi. Proteolitik fermentlarning oqsil ingibitorlari keng tarqalgan. Bu ingibitorlarning funksiyasi – organizm to‘qima va suyuqliklarida oqsillarning barvaqt parchalanishining oldini olish hisoblanadi. Xususan, qon plazmasidagi proteinazalarning oqsil ingibitorlari fiziologik faol peptid, qon ivishi, qon laxtalarining erishi kabi jarayonlarni boshqarishda qatnashadilar. Oqsil effektorlarining ta’sir mexanizmi ferment konformatsiyasining o‘zgarishi hamda metabolitlar bilan allosterik boshqarishdagi kabi bo‘lishi mumkin. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling