Eritmalar konsentratsiyasi va uni ifodalash usullari eritmalar konsentratsiyasi


Download 41.36 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi41.36 Kb.
#206528
Bog'liq
Eritmalar Konsentratsiyasi Va Uni Ifodalash ~


Aim.uz


ERITMALAR KONSENTRATSIYASI VA UNI IFODALASH USULLARI

Eritmalar konsentratsiyasi
Eritma va erituvchining ma’lum massa yoki ma’lum hajmda erigan modda miqdori eritmalarning konsentratsiyasi dеyiladi.
1. Massaviy foiz konsentratsiya- 100 g eritmada erigan moddaning gramm miqdoriga tеng kattalik foiz konsentratsiya dеyiladi.

Massaviy foiz konsentratsiya quyidagi formula bilan ifodalanadi.



(1)

Bunda C - massaviy foiz konsentratsiya;

m - eruvchi moddaning grammlarda ifodalangan massasi;

m1- erituvchi moddaning grammlarda ifodalangan massasi.


2. Molеkulyar foiz konsentratsiya - 100 g|mol eritma tarkibidagi erigan moddaning va erituvchining miqdori foiz hisobida g|mol soni bilan ifodalanishiga molеkulyar foiz konsentratsiya dеyiladi.

Uni quyidagi formula bilan ifodalanadi:



(2)

Bunda - molеkulyar foiz konsentratsiya;

- eruvchi moddaning molyar soni,

- erituvchi moddaning molyar soni.


1-misol. 80 g suvda 20 g sulfat kislota erigan. Eritmaning molekulyar foiz konsentratsiyasini hisoblang.

Yechish: Masalaning shartiga muvofiq

a) mol

bunda 98,08 sulfat kislotaning molekulyar massasi;

b) ; 18,02 suvning molekulyar massasi;

v)mol % H2SO4

g) 100 - 4,4 = 95,6 mol % H2O

2-misol. 80 g suvda 4 g tuz eritilgan. Eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.


Yechish: Masalani yuqoridagi (1) formulaga asoslanib yechamiz:

%
3-misol. 400 g 12 % li shakar eritmasini tayyorlash uchun qancha shakar va qancha suv olish kerak?

Yechish: Formula (2) ga asosan:

A) ; bundan g shakar

B) 400 - 48 q 352 g suv.


4-misol. Tuzning 80 g 15 % eritmasiga 40 g suv qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini hisoblang.
Yechish: Masala shartiga muvofiq 100 g eritmada 15 g tuz erigan. 80 g eritmadagi tuz miqdorini topamiz.

100 g eritmada 15 g tuz bo’lsa,

80 g eritmada x g bo’ladi.

Bundan


g

80 g eritmaga 40 g suv qo’shilgandan keyin eritmaning massasi 120 g bo’ladi. Lekin erigan tuzning miqdori 12 g ligicha qoladi. Shunga asosan:


120 g eritma 100 foiz bo’lsa,

12 g tuz x % bo’ladi.

Bundan

%.
Mustaqil yechish uchun masalalar
1. 300 g 12 % li osh tuzi eritmasini tayyorlash uchun qancha tuz va suv olish kerak?

2. 20g 20 %li eritmaga 80 g suv qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmaning foiz konцentratцiyasini hisoblang.

3. 2 kg 12 % li CuSO4 eritmasini tayyorlash uchun qancha mis ko’porosi olish kerak?

4. 500 ml suvda normal sharoitda o’lchangan 15 l HCl eritilgan. Hosil bo’lgan eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.

5. 6 g eritma bug’latilganda 0,2 g tuz qolgan bo’lsa, eritma necha foizli bo’lgan?

6. Mis sulfatning 1% li eritmasi va uning kristallgidrati bor. 300 g 15% li CuSO4 eritmasini tayyorlash uchun shu moddalardan qanchadan olish kerak?

7. Zichligi 1,115 gsm3 bo’lgan 10% li o’yuvchi natriyning 5 l eritmasidan 22 % li eritma tayyorlash uchun qancha suvni bug’latish kerak?

8. 1 l erituvchida 300 g modda eritilgach zichligi 1,2 gsm3 ga teng bo’lgan eritma olindi. Eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.

9. 20 g 20 % li eritmaga 10 g 10 % li eritmaga qo’shilganda necha foizli eritma hosil bo’ladi?

10. 315 g suvda n.sh.da o’lchangan 112 l ammiak eritildi. Eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.




Aim.uz



Download 41.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling