BUFER SISTEMA O’ZI NIMA? Bufer sistema-kislota yoki ishqor qo’shilganda PH ko’rsatkichini doimiy saqlaydigan sistemalarga bufer sistemalar deyiladi. Demak bufer sistemalar o’zgarishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar organizmda kislota yoki ishqor konsentratsiyasi oshishi bilan bog’liq. Bunday kasalliklarga misol qilib organizmda kislota miqdori oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan va atsidozga bog’liq bo’lgan QANDLI DIABETNI olishimiz mumkin. Qandli diabet- organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Qandli diabetning 4ta asosiy klinik shakllari mavjud. *1-tip qandli diabet. U 35 yoshgacha bo’lgan odamlarda uchraydi. Organizmda tabiiy insulin sintezi to’xtashi bilan bog’liq. *2-tip qandli diabet. U 40-50 yoshdan oshgan odamlarda uchraydi.Uning paydo bo’lish sababi to’qimalarning insulinga anormal sezgirligi. *Simptomik- ikkilamchi qandli diabet. Bu boshqa kasalliklar sababli paydo bo’ladi. Xususan oshqozon osti bezi kasalligi. *Bolalik davrida noto’ri ovqatlanish natijasida yuzaga keladigan qandli diabet. Bu klinik shakllardan 1-va 2- tip qandli diabet keng tarqalgan. Sog’lom odam qonidagi qandning miqdori 3,2 dan 5,5 mmol/l oralig’ida bo’ladi. Ushbu ko’rsatkichlardan oshib ketsa turli xil belgilar: ko’ngil aynishi, qusish, keskin vazn yo’qotish, yaralarning qiyin tuzalishi, oyoqlarning karaxtligi kabi holatlar kuzatiladi. Qandli diabetni davolash va diagnostika maqsadida organizmga insulin inyeksiya qilinadi. Qo’shimcha davolash usullariga: taomnoma asosida to’g’ri ovqatlanish, jismonniy mashqlarni bajarish, ratsionga klechatka va sog’lom uglevodlarga boy ovqatlarni qo’shish tavfsiya etiladi. Xususan meva ,sabzavot va donli mahsulotlar. Xalqaro sog’liqni saqlash ma’lumotlariga qaraganda hozirgi kunda 420 milliondan ortiq aholi qandli diabet kasalligiga chalingan. Bu 40 yil oldingi ko’rsatkichlardan 25%ga ko’p. Bu ko’rsatkichlar sog’lom ovqatlanishga e’tibor berilmayotganligidan dalolat beradi. 2-son Davolash fakulteti talabasi Abdurasulov Sh. U.
Do'stlaringiz bilan baham: |