So’zboshi - Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining O'zbek tili va adabiyoti va Chet lili fakulteti talabalari uchun «Tilshunoslik asoslari» kursi dasturi asosida yaratildi. O'quv qollanmada tilshunoslikka oid dastlabki masalalar yoritildi. O'quv qo'llanmadagi materiallarni yozish mualliflar o'rtasida quyidagicha taqsimlandi: filologiya fanlari doktori, professor I.J.Yo'ldoshev tomonidan «Til va tafakkur», «Til va jamiyat», «Yozuv», «Leksikologiya», «Terminologiya», «Terminlaming yasalishi», «Etimologiya», «Leksikografiya» raavzulari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent O'.Sharipova tomonidan esa «Tilshunoslik fan sifatida», «Tilning mohiyatl», «Tilning paydo bo’lishi», «Tillaming o'zaro ta ’siri va rivojlanish qonuniyatlari», «Til sistema sifatida», «Fonetika va fonologiya», «Nutq tovushlari artikulyatsiyasi», «Nutq tovushlari tasnifi», «Nutqning fonetik bo'laklari», «Urg'u», «Tovushlaming nutq jarayonida o’zgarishi», «Leksik m a’noning kengayishi va torayishi», «So'zlarning ma’no m unosabatiga ko'ra turlari», «Tabú va evíemizm», «Grammatika», «Morfologiya», «Sintaksis», «Sotsiolingvistika», «Sintagma», «Tillaming tipologik tasnifi» mavzulari yozildi. O'quv qo'llanmani yozishda mualliflar O.Azizov, M.Irisqulovlaming «Tilshunoslikka kirish», A.Hojiyevning «Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati», N.Mahmudovning «Til», «Ma’rifat manzillari» nomli kitoblaridan unumli foydalanishdi. Shu bois mualliflar ularga o'z minnatdorchiliklarini bildirishadi. Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining O'zbek tili va adabiyoti hamda Chet tilllar fakultetlarining talabalari uchun mo'ljalíangan
ANNOTATSIYA - "Tilshunoslik asoslari” fanidan yozilgan ushbu o'quv qo'llanmada tilshunoslikning tarixi va nazariyasiga oid materiallar berilgan. Undo "TilnLng paydo bo'lishi”, “Til va tafakkur”, “Til va iamiyat”, “Yozuv va uning paydo bo'lishi”, “Leksikalogiya", “Grammatik kategoriyalar”, “Sotsiolingvistika”, “Tillaming tipologik tasnifi” kabi mavzular atroflicha yoritib berilgan. Ushbu qo'llanma oliy o'quv yurti filologiya fakulteti bakalavr yo'nalishi taiabalari uchun yozilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |