Urochordata. Salp va appendikulyariyalar sinfi vakillariga misollar Turning sistematik holati


Download 21.05 Kb.
Sana09.05.2023
Hajmi21.05 Kb.
#1449719
Bog'liq
3-амалий


3-Mashg’ulot: Qobiqlilar yoki lichinka xordalilar - Urochordata. Salp va appendikulyariyalar sinfi vakillariga misollar


Turning sistematik holati
Tip. Xordalilar -Chordata
Kenja tip. Lichinka xordalilar-
Urochordata, yoki qobiqlilar-Tunicata
Sinf. Salplar –Salpae.
Appendikulyariyalar- Appendiculariae.


Jihozlar

1.Eritmada fiksatsiyalangan Salplar Appendikulyariyalar ho’l preparati.


2.Tablitsalar: Salplar Appendikulyariyalar tashqi ko’rinishi; ichki organlarining umumiy joylashishi; qon aylanish sistemasi
3.Mikroskoplar
4.Lupalar
Ishning mazmuni:


Sinf: Salplar (Salpae). Salplar erkin suzuvchi pilagik hayot tarzidan iborat. Tana shakli bodring yoki bochkaga o’xshaydi. Keng og’iz teshigi tananing oldingi tomonida joylashgan, kloaka teshigi tananing keyingi tomonida. Butun tana yupka qobiq-tunika bilan qoplangan. Uning ichki tomonida muskul boylamlari mavjud bo’lib, uning qisqarishi tufayli suvni hayvon kloakaga tomon itaradi va haydaydi. Xalqum bo’shlig’i katta, asosiy organlari tananing keyingi qismiga joylashgan bo’lib, yakka va koloniya formalari mavjud.
Ko’payishi asosan jinssiz (kurtaklanish) va jinsiy avlodlarning gallanishi (metagenez) kuzatiladi. Jinssiz yakka salpda tananing orqa tomonida o’simtasi bo’lib, (stolon) undan qiz jinsiy avlod hosil bo’lib, u halqasimon koloniyani hosil qiladi. Tuzilishi ona formaga o’xshash, lekin tanasi kichik, har birida tuxumdon va urug’don bo’lib, tuxum va spermatazoidlar har-xil vaktda etiladi. Urug’langan tuxumdan ona organizm hosil bo’ladi, undan jinssiz yosh indvid hosil bo’ladi, u o’sib stolon hosil qiladi va nasl yana takrorlanadi.
Haqiqiy salplarga yaqin bo’lgan bochyonochkalarda metagenez murakkab kechadi. Urug’langan tuxumdan dumli lichinka chiqadi, u rivojlanib jinssiz indvidni hosil qiladi (Gastrozoitlar). U oziqlanish va nafas olish funktsiyasini bajaradi, xuddi jinssiz individ singari. Jinssiz individlar lateral yirik (gasterozoidlar) va medial (forozoidlar)dir. Uchinchi generatsiyasi gonozoidlar deb ataladi, undan jinsiy individ hosil bo’lib germofradit jinsiy bezi bo’ladi. Tropik va subtropik dengizlarda uchraydi.
Sistematik holati va kelib chiqishi. Barcha qobiqlilar uzoq vaqtlargacha umurtqasizlardan mollyuska va mshankalarga kiritilgan, faqat ularning embrional rivojlanishi orqali xordalilarga kirishi aniqlangan. Lichinka xordalilarning embrional rivojlanishini rus olimi A. O. Kovalevskiy 1866 yil, keyinroq I. I. Mechnikov va V. V. Zalenskiy o’rgangan. Ayniqsa astsidiyaning rivojlanishi lantsetnikka o’xshash. Erkin yashovchi lichinkasida bu narsa aniq ko’rinadi. Naysimon nerv nayi, muskullari sigmentlardan iborat bo’lishi, eshitish pufakchasi shaklidagi sezgi organlari, pigmentli ko’zi va yaxshi rivojlangan xordasi bo’lgan. Keyinchalik ko’pchilik turlari o’troq hayot kechira boshlagan, shunga ko’ra tana tuzilishi soddalashgan. Jumladan: ichki organlarni himoya qiluvchi-tunika, murakkab jabra apparati, endostil, kurtaklanish yo’li bilan ko’payishi. Ularning ontogenezi lichinkaning turli rivojlanish bosqichlarida yashash muxiti bilan tuzilishining o’zaro bog’liqligini yaqqol ko’rsatadi.
Sinf: Appendikulyariyalar (Appendiculariae). Appendikulyariyalar, 0,5-3 mm dan, ayrim turlari 1-2 sm gacha uzunlikdagi hayvonlar bo’lib, qobiqlilarning erkin holda yashovchi sodda tuzilishdagi vakili hisoblanadi. Butun hayoti davomida xorda saqlanadi. Teri epiteliyasi tana atrofida alohida boshpana vazifasini bajaruvchi «qobiq» hosil qiladi. Bu qobiq ichida hayvon erkin harakat qila oladi. Appendikulyariyalarning haqiqiy qobig’i bo’lmaydi. Qobig’i murakkab tarkibiga ega dildiroq tiniq moddadan iborat. Bu modda hayvon tanasini o’rab turadigan uycha hosil qiladi. Appendikulyariyalar dumi to’lqinsimon harakatlanib suvni oldingi teshikka haydaydi va suv orqa teshik orqali chiqib ketadi. qobiqni oldingi qismidan mayda ipchalardan tashkil topgan turga mayda plankton organizmlar tutilib oziqa bo’lib xizmat qiladi. Jabra teshiklari devoridagi kapilyarlar orqali gaz almashinuvi sodir bo’ladi. Halqum devorida endostil bo’ladi. Endostil suvdagi mayda organizmlar va organik qoldiqlarni filtirlashga yordam beradi. Jabraoldi bo’shlig’i va kloakasi bo’lmaydi. Anal teshigi qorin tomonida joylashgan, nerv nayi ustida yorug’lik sezadigan ko’zchasi va muvozanat saqlash organi joylashgan. Appendikulyariyalar xam ger-mafrodit bo’lib, faqat jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Lichinkasining og’iz teshigi bo’lmaydi. Lekin xordasi va nerv nayi rivojlangan. Appendikulyarlar sinfi 60 -100 ga yaqin turlari aniqlangan. Hamma okean va dengizlarda uchraydi. Asosan suvning yuza qismidagi planktonda xayot kechiradi. Appendikulyariyalar lichinkalik davrida ko’payish qobilyatiga ega va evolyutsiya jarayonida yetuklik davrini yo’qotgan qobiqlilar bo’lishi mumkin. Appendikulyariyalar neotenik gruppalarga kiradi ya’ni lichinkalik davrida ko’payish xususiyatiga ega, hamma dengizlarda tarqalgan.
Mavzu bo’yicha topshiriqlar:

1.Lichinka xordalilar kenja tipining harakterli vakillarini o’rganish.


2. Lichinka xordalilar. Biologik xususiyatlari: yakka va koloniya bo’lib yashovchi turlarini o’rganish.
3. Salplar,appendikulyariyalar sinfini tuzilishi va rivojlanishini o’rganish.
4. Salplar,appendikulyariyalar ko’payishi va rivojlanishini o’rganish.
Download 21.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling