Genotsid – insoniyatga qarshi eng xavfli jinoyat
Download 197.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Maqola.Genotsid
1 Genotsid – insoniyatga qarshi eng xavfli jinoyat 1944-yilgacha xalqaro huquqda genotsid so‘zi mavjud emas edi. 1944-yilda polshalik yahudiy advokat Rafael Lemkin natsistlarning yevropalik yahudiylarni muntazam ravishda yo‘q qilish siyosatini belgilab berdi. U yunoncha γένος — “qabila” va lotincha caedo — “o‘ldiraman” so‘zlarining birikishidan paydo bo‘lgan “genotsid” atamasini kiritdi. Madridda o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada Lemkin genotsidga qarshi xalqaro qonunlar ishlab chiqishni taklif etgan. Genotsid jamoaviy zo‘ravonlik turini, odamlarga milliy, etnik yoki irqiy sabablar ortidan zo‘ravonlik qilish, ularni qisman yoki to‘laligicha yo‘q qilib tashlashni anglatadi. “1945-yili Nyurnbergda fashist rahbarlari ustidan o‘tkazilgan sud jarayonida bu atama ham qo‘llandi. Ammo bu so‘z hali rasmiy maqom olmagan edi. “Genotsid” so‘zining ilk rasmiy qo‘llanishi 1948-yildan, BMTda Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to'g'risidagi konvensiya qabul qilinishi bilan boshlandi. Konvensiya 149 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan (2018 yil yanvar holatiga ko'ra). Xalqaro sud Konvensiya umumiy xalqaro odat huquqining bir qismi bo'lgan tamoyillarni o'zida mujassam etganligini bir necha bor ta’kidlagan. Bu shuni anglatadiki, davlatlar Genotsid konvensiyasini ratifikatsiya qilgan yoki ratifikatsiya qilmagan bo'lishidan qat'i nazar, ularning barchasi genotsid xalqaro huquq tomonidan taqiqlangan jinoyat ekanligi haqidagi prinsipga amal qilishi shart. Xalqaro sud, shuningdek, genotsidni taqiqlash xalqaro huquqning (yoki jus cogens) majburiy normasi ekanligini va shuning uchun undan chetga chiqishga yo'l qo'yilmasligini ta'kidladi. Ushbu Konvensiyaning 2-moddasida genotsid deganda “milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhni to'liq yoki qisman yo'q qilish maqsadida qilingan quyidagi harakatlar tushuniladi: a) Guruh a'zolarini o'ldirish; b) Guruh a’zolariga jiddiy jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazish; c) Guruhga qasddan uni to'liq yoki qisman jismoniy yo'q qilish uchun hisoblangan hayot sharoitlariga ta'sir qilish; 2 d) Guruh ichida tug'ilishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo'llash; e) Guruh bolalarini boshqa guruhga majburan o'tkazish” 1 . Ushbu ta’rif keyinchalik 1998-yil 17-iyulda qabul qilingan Xalqaro Jinoyat Sudi Rim statutining 6-moddasida ham xuddi shu tarzda bayon qilinib, mustahkamlangan 2 . Ushbu o‘rinda bu borada o‘z fikrimizni bildirishni lozim topdik. Genotsid jinoyatiga berilgan ta’rifda milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhni to'liq yoki qisman yo'q qilish maqsadining bo‘lishi qilmishni genotsid sifatida malakalashning asosiy sharti bo‘lib hisoblanadi. Niyatning bor yoki yo‘qligini aniqlash esa bizning milliy qonunchiligimizdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak ham ancha murakkablikni keltirib chiqaradi. Bunga yaqqol misol sifatida 1915-1920 yillarda Usmonli turklari tomonidan armanlarning ommaviy o'ldirilishi voqeasini keltirishimiz mumkin. Ushbu voqeani dunyo hamjamiyati genotsid sifatida baholab turgan bir paytda, Turkiyaning o‘zi bunga keskin qarshilik bildirib, ushbu ayblovni rad etgan. Va, aksincha, Kavkazda armanilar tomonidan musulmon turklar, ozarbayjonlar va gruzinlar qirg‘in qilingan deb hisoblaydi. Bundan tashqari genotsidning ta’rifida keltirilgan qisman yoki to’liq yo’q qilish izohlari ham anchagina noaniqliklarni keltirib chiqarmoqda. Negaki, aynan qancha miqdor qisman sifatida baholanishi mumkinligi so‘roq ostida turgan holat hisoblanadi. Tarixdagi genotsid ayblovlari Genotsid to'g'risidagi konvensiyani amaliyotga tatbiq etgan birinchi holat bu Ruandaning Taba shahrining xutu meri Jan Pol Akayesuning qilmishi edi. Maxsus xalqaro tribunal 1998-yil 2-sentyabrda Akayesuni genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda aybdor deb topdi. Keyinchalik Ruanda bo'yicha Xalqaro jinoiy tribunal tomonidan 85 dan ortiq kishidan 29 nafari genotsid aybi bilan hukm qilingan. 2010-yil avgust oyida BMTning oshkor qilingan hisobotida 1994-yildagi genotsidning aybdorlari boʻlgan 1 https://www.un.org/en/genocideprevention/genocide.shtml 2
3 Ruandalik xutularning oʻzlari ham xuddi shunday jinoyat qurboni boʻlgan boʻlishi mumkinligi aytilgan edi. 2001 yilda sobiq bosniyalik serb generali general Radislav Krstic Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xalqaro Jinoyat Tribunalida (ICTY) genotsidda ayblangan birinchi shaxs bo‘ldi. Krstic o'z hukmiga qarshi apellyatsiya berdi va o'ldirilgan 8000 kishi genotsid bo'lish uchun "juda ahamiyatsiz" raqam ekanligini ta'kidladi. 2004 yilda ICTY uning apellyatsiyasini rad etdi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, miqdor borasida ham aniqlashtirilgan me’yorlarni ishlab chiqish lozim. Masalan, bunga aholining umumiy sonidan kelib chiqib, 1/3 yoki 1/4 kabi aniq raqamlarning kiritilishi qilmishni malakalashda bir qator qulayliklarni keltirib chiqaradi. Chegara bilmas shifokorlar tashkilotining sobiq bosh kotibi Alen Destexe oʻzining “Ruanda va XX asrdagi genotsid” kitobida shunday yozgan edi: “Genotsid boshqa barcha jinoyatlardan uning ortida turgan motiv bilan ajralib turadi. Genotsid insoniyatga qarshi boshqa barcha jinoyatlardan farqli miqyosdagi jinoyatdir va tanlangan guruhni butunlay yo'q qilish niyatini anglatadi. Shuning uchun genotsid insoniyatga qarshi jinoyatlarning eng og'iridir" 3 . Shuningdek, genotsid ta’rifida milliy, etnik, irqiy kabi jihatlari bilan qirg‘in qilinishi nazarda tutilgan. Lekin Kambodjadagi Qizil kxmerlar qurbonlarining aksariyati siyosiy yoki ijtimoiy mavqei tufayli nishonga olingani, bu ularni BMTning genotsid ta'rifidan tashqarida qo'ygani borasida kelishmovchiliklar mavjud. Lekin shunga qaramasdan, 2018-yilda esa 92 yoshli Nuon Chea va 87 yoshli Khieu Samphan qizil kxmerlarning qotilligidagi rollari uchun genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Ushbu holatdan kelib chiqib aytish mumkinki, genotsid jinoyatining ta’rifini kengaytirish fikrini ham ko‘rib chiqish kerak. 3 International Criminal Law. Third edition. Ilias Bantekas and Susan Nash. Simultaneously published in the USA and Canada by Routledge-Cavendish 270 Madison Ave, New York, NY 10016. P:139 4 1948-yilgi Genotsid Konvensiyasidagi bir jihatni alohida e’tirof etish lozim. Bu Genotsid yoki konvensiyada sanab o'tilgan boshqa harakatlarni sodir etgan shaxslar, xoh ular konstitutsiyaviy javobgar bo'lgan hukmdorlar, xoh davlat amaldorlari, xoh xususiy shaxslar bo'lishidan qat'i nazar, jazolanadilar. 1948-yil 9-dekabrda BMT tomonidan genotsid xalqaro jinoyat deb belgilab qo‘yildi. Genotsidni uyushtirgan shaxslar jazolanishi belgilandi. Shuningdek, genotsid insoniyatga qarshi jinoyat deb baholanadigan bo‘ldi. Insoniyat tarixida genotsidlar ko‘p bo‘lgan. Ming afsuski, insoniyat yuksak taraqqiy etgan XXI asrda ham genotsid jinoyatlarini sodir etish to‘xtamayapti. Political Instability Task Force hisobotiga ko‘ra, 1956-yildan 2016-yilgacha dunyo bo‘ylab 43 ta genotsid sodir etilgan 4 . Buning oqibatida 50 million odam halok bo‘lgan. BMT hisobotiga ko‘ra esa, 2008-yilgacha 50 milliondan oshiq odam qochqin sifatida boshqa yurtlarga joylashtirilgan. Kolumb Amerikani ochishi va Yevropa mamlakatlarining uni bo‘lib olishi genotsidga yo‘l ochdi. Buning ortidan Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiyadagi tubjoy aholi qirib yuborildi. Bu jarayon XIX asrgacha davom etdi. Insoniyat XX asrda yangi genotsidlar guvohi bo‘ldi. Jahon urushlarida sodir etilgan genotsidlar shular jumlasidandir. Birgina SSSRning o‘zida 1917-yilda sodir etilgan Oktabr to‘ntarishidan boshlab Stalin vafot etgunicha turli millatlarga mansub millionlab insonlar genotsid qilingan. Stalin davridagi ayovsiz qatag‘onlar, turli millatlar surgun qilinishi ham genotsid edi. Ana shunday genotsid XX asrda Xitoyda ham sodir etilgan. 1960-yil avgust oyida Xalqaro komissiya huquqshunoslari tayyorlagan hisobotda Xitoy hukumati Tibetda diniy qarashlar tufayli tibetliklarni qirib yuborganini ma’lum qilgan edi. XX asrdagi yana bir genotsidni Kambodjada Pol Pot 1975–1979-yillarda amalga oshirgan. O‘shanda qisqa muddatda 3 milliondan oshiq kambodjalik qirilib 4 https://scip.gmu.edu/political-instability-task-force/ 5 ketgan. Shuningdek, 1994-yilda Ruandada xutu millatiga mansub 800 ming aholi qirib tashlangan. 1992–1998-yillarda Bolqon yarim orolida qurolli mojarolar bo‘lib turganda serblar ko‘plab musulmonlarni ommaviy qirib tashlagan. Ular orasida 1995-yilda Srebrenitsa shahrida sodir etilgan qatliom eng ayanchlisi bo‘lgan. Bu yerda serb harbiylari shaharning musulmon aholisini bitta qoldirmay qirib tashlab, buldozerlar yordamida jasadlarni chuqurga surib tushirib, ustidan tuproq tortgan. Qorabog‘ mojarosi davomida arman jangarilari Xo‘jayli shahrida ozarbayjonlarni qirib tashlagan; bu ham genotsid hisoblanadi. Quyida tarixdagi eng yirik genotsidlar uchligini keltiramiz 5 . Download 197.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling