Glossariy Apellyatsiya shikoyati


Download 35 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi35 Kb.
#1397299
Bog'liq
Mavzu bo\'yicha glossariy


Glossariy
1. Apellyatsiya shikoyati - ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqlidir.
2. Apellyatsiya protesti – iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudning hal qiluv qarori chiqqan kundan bir oy ichida prokuror tomonidan keltiriladigan protest.
3. Apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini ko’rib chiqish muddatini uzaytirish - alohida hollarda apellatsiya va kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqish muddati sud raisi tomonidan ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
4. Kassatsiya shikoyati - ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati, prokuror esa kassatsiya protesti berishga haqlidir.
5. Apellatsiya va kassatsiya instansiyasida ayrim qoidalarni qo’llamaslik - ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish (IPKning 45-moddasi); Da’voning asosini yoki predmetini, da’vo talablari miqdorini o‘zgartirish, da’vodan voz kechish (IPKning 157-moddasi); uchinchi shaxslarni ishga jalb qilish (IPKning 47, 48-moddalari); bitta da’vo arizasida bir nechta talablarni birlashtirish, bir nechta ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish, talablarni alohida ish yuritishga ajratish (IPKning 158, 159-moddalari); qarshi da’voni taqdim etish (IPKning 160-moddasi) to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanilmaydi.
6. Apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudining qarorining kuchga kirishi - apellatsiya va kassatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
7. Nazorat shikoyati - Nazorat shikoyati (protesti) bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi. Nazorat shikoyati (protesti) sudning hal qiluv qarori ustidan u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin. Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil o‘tgandan keyin berilgan nazorat shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling