Genotsid – insoniyatga qarshi eng xavfli jinoyat
Download 197.76 Kb. Pdf ko'rish
|
Maqola.Genotsid
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bosniyadagi genotsid
- 1. Xolokost
3. SSSRdagi genotsidlar
Ikkinchi jahon urushi ayni avjiga chiqqan 1943-yil kuzida Stalinning bir nechta millatni surgun qilish haqidagi qarori chiqadi. Avvaliga chechenlar, ingushlar, qorachoylar, keyin esa, 1944-yilda qrimtatarlar, mesxeti turklar “vatanga xiyonat”da ayblanib, surgun qilingan. SSSRning vorisi Rossiya bu surgunlarni genotsid deb tan olmaydi. Ammo ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlar Stalinning ishlarini genotsid deb ataydi. 2. Bosniyadagi genotsid 90-yillarda SSSR ortidan ergashgan ko‘plab sotsialistik davlatlarda ham hukumat o‘zgardi va ularning aksariyati sotsialistik tuzumdan voz kechdi. Yugoslaviya ham sotsialistik lagerga kiruvchi davlat edi. Uning tarkibida oltita ittifoqdosh respublika bor edi. SSSR tarqab, undagi ittifoqdosh respublikalar mustaqil bo‘lganidan so‘ng Yugoslaviya tarkibidagi ittifoqdosh respublikalar ham 5 https://www.bbc.com/news/world-11108059 6 birin-ketin mustaqillik e’lon qila boshladi. Rossiyadan farqli ravishda, Yugoslaviyada hukmron bo‘lgan Serbiya ittifoqdosh respublikalarning mustaqil bo‘lib ketishiga ko‘nmadi va qonli mojaro kelib chiqdi. Bosniyada yashovchi aholi orasida islom diniga va nasroniy diniga birday e’tiqod qiladiganlar bor edi. Bu mintaqada 1992-yildan 1999-yilgacha davom etgan mojaroda eng ko‘p jabr chekkanlar musulmon aholi bo‘ldi. Birgina Srebrenitsada 30 mingdan ortiq musulmon qirib tashlandi. 1. Xolokost Yahudiy millati tarixda ko‘p azoblarga yo‘liqqan. Misrda, Rimda, o‘rta asrlarda Aragonlik Izabella davrida quvg‘inlarni boshidan kechirgan. Ammo birontasi bu millatni genotsid qilish darajasiga bormagan. XX asrning birinchi yarmida Germaniyani natsional-sotsialistlar egalladi. Ularning lideri Adolf Gitler Uchinchi reyx o‘rnatilganini e’lon qildi. 1938-yildan boshlab Yevropadagi davlatlarni birin-ketin bosib ola boshladi. Oxirida SSSRga hujum qildi va Moskva ostonalarigacha keldi. Gitlerchilar Yevropani bosib olar ekan, yahudiylarni alohida ajratib olib, legarlarga joylashtirdi. Lagerlarda ular ustidan tadqiqotlar o‘tkazdi. Gaz kameralariga qamab, o‘ldirishdi; hatto terisini shilib, sanoatda ishlatishdi, suyaklaridan o‘g‘it qilishdi. Umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘shanda fashistlar 6– 7 million yahudiyni o‘ldirgan. Lagerlarda qolganini 1944-yildan so‘ng nemislar chekinayotganda ozod qilishgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling