Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar


-modda. Rekreatsiya zonalarining rejimi


Download 198.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana13.04.2023
Hajmi198.04 Kb.
#1354441
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida

39-modda. Rekreatsiya zonalarining rejimi
Rekreatsiya zonalari tabiiy obyektlar va majmualarning holatiga qarab turli rejimga ega
uchastkalarga bo‘linishi mumkin.
Rekreatsiya zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
kimyo, sellyuloza-qog‘oz va metallurgiya sanoati korxonalarining faoliyati;
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan
mustasno);
zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llanish;
harom o‘lgan chorva mollar ko‘miladigan joylarni tashkil etish;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish;
joyning gidrologik rejimini o‘zgartirish.
40-modda. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining
sanitariya muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari
Daryolarning, ko‘llarning, suv omborlarining, kanallarning, kollektorlar hamda boshqa suv
obyektlarining o‘zanlariga tutash muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suvni muhofaza qilish
zonalari hisoblanadi. Bu zonalar ifloslanish, bulg‘anish, sayozlanishning hamda suv obyektlari
tuproq eroziyasi mahsullari bo‘lmish loyqa bilan to‘lib qolishining oldini olish maqsadida,
shuningdek eng maqbul suv rejimini saqlab turish uchun tashkil etiladi.
Qattiq rejimga asoslangan suvni muhofaza qilish zonalari doirasidagi muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar sohil bo‘yi mintaqalari hisoblanadi.
Ichimlik, maishiy va davolash-sog‘lomlashtirish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv
obyektlariga tutash, qattiq rejim asosidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar suv obyektlarining
sanitariya muhofazasi zonalari hisoblanadi.
Daryolarning uvalarida, yoyilma konuslarda, tog‘ yonbag‘irlarining etaklarida tashkil
qilinadigan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari
hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya
muhofazasi zonalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalari tegishincha
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, suv xo‘jaligi, sanitariya nazorati organlarining, geologiya
tashkilotlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
(40-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)

Download 198.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling