Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar


X. Davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar va davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy


Download 198.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/21
Sana13.04.2023
Hajmi198.04 Kb.
#1354441
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida

X. Davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar va davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar
44-modda. Davlat biosfera rezervatlari
Hududlarni barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish maqsadida davlat biosfera rezervatlari
— biologik rang-baranglikni saqlash, tabiiy obyektlar va majmualardan oqilona foydalanish uchun
mo‘ljallangan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil etilishi mumkin. Davlat biosfera
rezervatlari xalqaro biosfera rezervatlari tarmog‘iga qo‘shilishi va atrof tabiiy muhitning global
monitoringida ishtirok etishi mumkin.
Davlat biosfera rezervatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan
tashkil etiladi.
Davlat biosfera rezervatlarining hududlari davlat biosfera rezervatlariga foydalanishga
beriladigan yer uchastkalarida, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning davlat biosfera
rezervatlari chegaralari doirasidagi yer uchastkalarida joylashadi.
Davlat biosfera rezervatlari hududida quyidagilar ajratib qo‘yiladi:
tabiiy obyektlar va majmualarni asl holatida saqlab qolish uchun mo‘ljallangan, davlat
qo‘riqxonalari uchun nazarda tutilgan rejimli qo‘riqxonaga aylantirilgan zona;
tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun
mo‘ljallangan, qo‘riqxonaga aylantirilgan zonaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday
faoliyat taqiqlanadigan oraliq zona;
davlat biosfera rezervatlarining tabiiy obyektlari va majmualariga zarar yetkazmaydigan
xo‘jalik maqsadidagi va boshqa tarzdagi faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan zona.
Davlat biosfera rezervatlarining rejimi bunday rezervatlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar bilan belgilanadi.
45-modda. Milliy bog‘lar
Alohida ekologik, ilmiy, madaniy va estetik ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘simliklarning noyob va
qimmatli, shu jumladan manzarali turlarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tabiatni muhofaza
qilish, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda oqilona foydalanishga mo‘ljallangan muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar milliy bog‘lardir. Milliy bog‘lar yer uchastkalarida o‘simlik dunyosini qayta
tiklash va takror ko‘paytirish, shu jumladan kompleks agrotexnik tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan
tuzilishi mumkin. Milliy bog‘ hududida yashaydigan hayvonot dunyosi mazkur hudud ekologik
tizimining tarkibiy qismidir.
Milliy bog‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil etiladi.
Milliy bog‘ni boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil
etiladigan direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Milliy bog‘lar bunday bog‘lar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yer uchastkalari qonunchilikda belgilanadigan tartibda barcha tabiiy resurslari bilan birga
xo‘jalik foydalanuvidan olib qo‘yiladi va milliy bog‘larga doimiy foydalanish uchun beriladi.
(45-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Milliy bog‘ning o‘simlik va hayvonot dunyosi saqlab qolinishini ta’minlash uchun unga tutash
hududlarda milliy bog‘ to‘g‘risidagi nizomga muvofiq qo‘riqlanma zonalar tashkil etilishi mumkin.
Milliy bog‘ to‘g‘risidagi nizomga muvofiq milliy bog‘ hududida undan maqsadli foydalanishga
zid bo‘ladigan va o‘simlik obyektlarining saqlanishi, ko‘paytirilishi va tiklanishiga tahdid soladigan


har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Milliy bog‘lar hududlari funksional zonalarga ajratilishi mumkin.

Download 198.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling