Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar
-modda. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Download 198.04 Kb. Pdf ko'rish
|
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- XI. Yakunlovchi qoidalar 47-modda. Qo‘riqlanma zonalar
- 48-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyalashtirish
46-modda. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Ikki va undan ortiq davlat hududida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida tashkil etilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi. (46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) XI. Yakunlovchi qoidalar 47-modda. Qo‘riqlanma zonalar Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar, davlat tabiat yodgorliklari va milliy bog‘lar bilan chegaradosh hududlar qo‘riqlanma zonalardir. Qo‘riqlanma zonalarda ushbu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga salbiy ta’sirning oldini olish maqsadida xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi. Qo‘riqlanma zonalarning o‘lchamlari va rejimi, shuningdek yer uchastkalarini saqlash vazifasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish bilan bir vaqtda belgilanadi. Davlat qo‘riqxonasi qo‘riqlanma zonasining bir qismi ekologik turizmni tashkil etish, mazkur hudud uchun xos bo‘lgan kamyob hamda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simliklar va hayvonlarning turlarini ko‘paytirish maqsadida tabiiy pitomniklar barpo etish uchun hamda qo‘riqxonaning boshqa ehtiyojlari uchun shu qo‘riqxonaning o‘ziga topshirilishi mumkin. 48-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyalashtirish Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari hamda davlat biosfera rezervatlari quyidagilar hisobidan moliyalashtiriladi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; Oldingi tahrirga qarang. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari; (48-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14- sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) ilmiy-tadqiqot, tabiatni muhofaza qilish, reklama-noshirlik va ma’rifiy faoliyatdan olingan daromadlar; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga qaratilgan tushumlar; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullari; musodara etilgan ovchilik qurollari va baliqchilik asboblarini realizatsiya qilishdan, qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘lja mahsulotni sotishdan tushgan pullar; yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar. (48-modda birinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari va davlat biosfera rezervatlari ixtiyoriga ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mablag‘lardan tashqari, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yo‘nalishidagi va qonunchilikda yo‘l qo‘yiladigan boshqa faoliyatdan kelgan daromadlar ham beriladi. Milliy bog‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi. (48-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Davlat buyurtma qo‘riqxonalarini, davlat tabiat yodgorliklarini tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish uchun mablag‘lar mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qaysi mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tasarrufida bo‘lsa, shu mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat organlari tomonidan ajratiladi. Xususiy buyurtma qo‘riqxonalari va tabiiy pitomniklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning tasarrufida bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashga qaratilgan tushumlardan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzganlik uchun undirilgan jarima pullaridan, fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi va tabiiy resurslardan foydalanishi uchun ruxsatnomalar berishdan tushgan mablag‘lardan, rekreatsiya, turistik-ekskursiya yo‘nalishidagi va boshqa faoliyatdan tushgan daromadlardan, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya yordamlaridan tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun foydalaniladi. Download 198.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling