Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar


-modda. Kurort tabiiy hududlarning rejimi


Download 198.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana13.04.2023
Hajmi198.04 Kb.
#1354441
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida

37-modda. Kurort tabiiy hududlarning rejimi
Kurort tabiiy hududlar uchta zonaga bo‘linadi.
Birinchi zonaga davolash xossalariga ega manbalar, shifobaxsh balchiq qatlamlari bor
hududlar kiradi. Bunday zonada har qanday faoliyat taqiqlanadi, davolash xossalariga ega manbalar
va balchiq bilan davolash shifoxonalarini obodonlashtirish uchun zarur inshootlar qurish bundan
mustasno.
Ikkinchi zonaga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylarining hududlari kiradi. Bu zonada
davolash va dam olishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan faoliyatni istisno etganda har qanday
faoliyat, shuningdek bu hududda vaqtincha istiqomat qiladigan tibbiyot xodimlari va xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari boshqa aholining yashashi taqiqlanadi.
Uchinchi zonaga sanatoriylar, pansionatlar va dam olish uylariga tutash hududlar kiradi. Bu
zonada davolash manbalariga, shifobaxsh balchiq qatlamlariga zarar yetkazmaydigan va dam olish
hamda davolanish sharoitlarini yomonlashtirmaydigan cheklangan xo‘jalik faoliyati yuritishga
ruxsat etiladi.
Kurort tabiiy hududlar doirasida quyidagilar taqiqlanadi:
foydali qazilmalarni qazib olish, mineral suvlar va shifobaxsh balchiq qazib olish bundan
mustasno;
kimyo, sellyuloza-qog‘oz va metallurgiya sanoati korxonalarining faoliyati;
daraxt va butalarni kesish (parvarishlash yo‘sinidagi va sanitariya maqsadidagi kesish bundan
mustasno);
zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llanish;
harom o‘lgan chorva mollar ko‘miladigan joylarni tashkil etish;
zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlar omborlarini qurish;
chiqindilarni saqlash va ko‘mish;
joyning gidrologik rejimini o‘zgartirish.
38-modda. Rekreatsiya zonalari
Turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun qulay jo‘g‘rofiy va iqlim
sharoitlariga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rekreatsiya zonalari hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Rekreatsiya zonalari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni
saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining
qarorlari bilan tashkil etiladi.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-639-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridagi rekreatsiya zonalari O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon
xo‘jaligi davlat qo‘mitasining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni
rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda mahalliy davlat
hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
(38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-639-sonli 
Qonuniga 
asoan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-


son)

Download 198.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling