Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar


Download 198.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana13.04.2023
Hajmi198.04 Kb.
#1354441
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida

34-modda. Baliq xo‘jaligi zonalari
Suv obyektlarini yoki ularning qismlarini o‘z ichiga oladigan, noyob va yo‘qolib ketish xavfi
ostida turgan baliqlar va boshqa suv organizmlari turlarini saqlab qolish, takror ko‘paytirish va
tiklash uchun, shuningdek baliq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalaniladigan, muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar baliq xo‘jaligi zonalari hisoblanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Baliq xo‘jaligi zonalari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, qishloq xo‘jaligi va suv
xo‘jaligi organlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori bilan tashkil etiladi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Baliq xo‘jaligi zonalarida baliqlar va boshqa suv organizmlarining saqlab qolinishi, takror
ko‘paytirilishi va tiklanishiga xavf soladigan har qanday faoliyat taqiqlanadi.
VIII. Muhofaza etiladigan landshaftlar
35-modda. Muhofaza etiladigan landshaftlarning turlari
Kurort tabiiy hududlar, rekreatsiya zonalari, suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi
mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari, yer usti va yer osti suvlarining hosil
bo‘lish zonalari muhofaza etiladigan landshaftlar jumlasiga kiradi.
36-modda. Kurort tabiiy hududlar
Davolash va sog‘lomlashtirish xossalariga, mineral manbalarga, shifobaxsh balchiq
qatlamlariga, qulay iqlim va boshqa sharoitlarga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kurort
tabiiy hududlar hisoblanadi.
Kurort tabiiy hududlar umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik bo‘lishi mumkin.


Umumdavlat ahamiyatiga molik kurort tabiiy hududlar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari
Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining birgalikdagi
taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tashkil
etiladi.
Mahalliy ahamiyatga molik kurort tabiiy hududlar O‘zbekiston Kasaba uyushmalari
Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining birgalikdagi
taqdimnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.

Download 198.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling