Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar


-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning toifalari


Download 198.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana13.04.2023
Hajmi198.04 Kb.
#1354441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida

5-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning toifalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar belgilangan maqsadi va rejimiga qarab quyidagi
toifalarga bo‘linadi:
davlat qo‘riqxonalari;
majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari;
tabiat bog‘lari;
davlat tabiat yodgorliklari;
ayrim tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun
mo‘ljallangan hududlar;
muhofaza etiladigan landshaftlar;
ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilikda davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar, davlatlararo muhofaza etiladigan
tabiiy hududlar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish nazarda tutilishi
mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga bo‘lgan mulk huquqi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat mulkidir va uning muhofazasidadir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar xususiy buyurtma qo‘riqxonalar hamda tabiiy
pitomniklar tashkil etish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
7-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va akvatoriya
uchastkalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari tabiatni muhofaza qilish,
sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga kiradi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari va akvatoriya uchastkalarida
mazkur hududlardan foydalanishning belgilangan maqsadiga zid har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yoki ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan faoliyatni cheklash yoki taqiqlash uchun yer uchastkalarini saqlash vazifasi
belgilanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etishda yuridik va jismoniy shaxslarning
faoliyatini cheklash yoki tugatish tufayli ularga yetkazilgan zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq
qoplanadi.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va
o‘rmon fondidagi yerlar ajratib berilganda qishloq xo‘jaligi hamda o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi
ko‘radigan zarar va talafotlarning o‘rni qoplanmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat
bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarning (ovchilik xo‘jaliklarida
tashkil etilgan buyurtma qo‘riqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera
rezervatlarining, milliy bog‘larning yer uchastkalariga yer solig‘i solinmaydi. Muhofaza etiladigan
tabiiy hududlarda xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan hollarda yer solig‘i undiriladi.
(7-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
 LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 
XVI bo‘limi 
(“Yer solig‘i”)ga
qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalarini (milliy bog‘larning yer
uchastkalaridan tashqari) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga alohida hollarda yo‘l
qo‘yiladi. Milliy bog‘lar yer uchastkalarining davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
(7-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Keyingi
 tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat tabiat yodgorliklarini, buyurtma qo‘riqxonalarni, tabiiy
pitomniklarni muhofaza qilish bo‘yicha zimmalariga yuklatilgan majburiyatlar bajarilishini
ta’minlamagan taqdirda ular egallab turgan yer uchastkasi olib qo‘yilishi mumkin.


Oldingi
 tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yer uchastkalari hamda akvatoriya uchastkalarini
muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni olib qo‘yish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(7-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 
9-bobiga 
(“Tabiatni muhofaza
qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga
molik yerlar”) qarang.

Download 198.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling