1. Moddiy madaniy meros obyektlari qanday toifalarga boʻlinadi
Download 22.02 Kb.
|
1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Moddiy madaniy meros nima
- 4. Madaniy meros toifalari nima
- 6. Diqqatga sazovor joylar haqida ma’lumot bering.
- 7. Moddiy madaniy meros obyektlari haqida ma’lumot bering. Moddiy
- Diqqatga sazovor joylar
- Yodgorliklar
1.Moddiy madaniy meros obyektlari qanday toifalarga boʻlinadi: Butun mamlakat tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, meʼmoriy, badiiy va memorial qimmatga ega boʼlgan Respublika ahamiyatidagi moddiy madaniy meros obʼektlari; viloyat, tuman, shahar tarixi va madaniyati uchun alohida ahamiyatga molik tarixiy, ilmiy, meʼmoriy, badiiy va memorial qimmatga ega boʼlgan mahalliy ahamiyatdagi moddiy madaniy meros obʼektlari. 2. Moddiy madaniy meros nima? Moddiy madaniy meros tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʼzgacha madaniy qimmatga ega boʼlgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar. 3. Nomoddiy madaniy meros nima? Nomoddiy madaniy meros obʼektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʼzgacha madaniy qimmatga ega boʼlgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (soʼz, raqs, musiqa, tomosha sanʼati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati bilan bogʼliq bilimlar, koʼnikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar. 4. Madaniy meros toifalari nima? Madaniy meros- bu oʼtmishdan qolgan qadriyatlar, gʼoyalar, tajriba, bilimlar ularni oʼzlashtirish yoʼllari, yaʼni kishilarning ijodiy faoliyat usullari va uni tashkil qilish hamda uning natijalardir. 5. Madaniy meros turlari haqida ma’lumot bering. Ikkita yirik turga bo‘linadi bular moddiy va nomoddiy turlar hisoblanadi. Moddiy madaniy meros tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʼzgacha madaniy qimmatga ega boʼlgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar. Nomoddiy madaniy meros obʼektlari — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʼzgacha madaniy qimmatga ega boʼlgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (soʼz, raqs, musiqa, tomosha sanʼati), shuningdek ular hamda xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati bilan bogʼliq bilimlar, koʼnikmalar, asbob-anjomlar, artefaktlar, madaniy makonlar. 6. Diqqatga sazovor joylar haqida ma’lumot bering. Diqqatga sazovor joylar — inson va tabiat ijodining mushtarak mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega boʼlgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, atoqli tarixiy shaxslarning hayoti bilan bogʼliq boʼlgan imoratlar, xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek koʼhna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar. 7. Moddiy madaniy meros obyektlari haqida ma’lumot bering. Moddiy madaniy meros tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʼzgacha madaniy qimmatga ega boʼlgan ansambllar, diqqatga sazovor joylar va yodgorliklar. Ansambllar — tarixan tarkib topgan hududda aniq koʼzga tashlanadigan, atrof manzarasi bilan umumiyligi yoki aloqadorligi tarixiy, arxeologik, meʼmoriy, estetik yoki ijtimoiy-madaniy qimmatga ega boʼlgan, ijtimoiy, maʼmuriy, diniy, ilmiy, oʼquv-taʼlim, istehkom, saroy, turarjoy, savdo, ishlab chiqarish va boshqa ahamiyatga molik hamda rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati, meʼmorchilik asarlari bilan bogʼliqlikda alohida yoki oʼzaro birgalikda turgan yodgorliklar, imoratlar va inshootlar guruhlari, shuningdek tarixiy tarhlarning hamda manzilgohlar imoratlarining qoldiqlari, landshaft arxitekturasi va bogʼ-rogʼ sanʼati asarlari (bogʼlar, istirohat bogʼlari, xiyobonlar, sayilgohlar); Diqqatga sazovor joylar — inson va tabiat ijodining mushtarak mahsuli, shuningdek tarixiy, arxeologik, shaharsozlik, estetik, etnologik yoki antropologik qimmatga ega boʼlgan hududlar, shu jumladan xalq hunarmandchiligi maskanlari, tarixiy manzilgohlar yoki shaharsozlik tarhi markazlari va tarixiy (shu jumladan harbiy) voqealar, yodgorliklar, atoqli tarixiy shaxslarning hayoti bilan bogʼliq boʼlgan imoratlar, xotira joylari, tabiiy landshaftlar, shuningdek koʼhna shaharlar, shahristonlar, manzilgohlar, qarorgohlar imoratlarining madaniy qatlamlari, qoldiqlari, marosimlar bajo etiladigan joylar; Yodgorliklar — tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʼzgacha madaniy qimmatga ega boʼlgan ayrim imoratlar, binolar va inshootlar, ular bilan bogʼliq boʼlgan rassomlik, haykaltaroshlik, amaliy bezak sanʼati asarlari hamda shu imoratlar, binolar va inshootlarning tarixan tarkib topgan hududlari, shuningdek memorial uylar, kvartiralar, qabristonlar, maqbaralar va ayrim qabrlar, monumental sanʼat asarlari, fan va texnika (shu jumladan harbiy texnika) obʼektlari, antropologiya, etnografiya, numizmatika, epigrafika, kartografiya, fotografiya materiallari, kinofilьmlar, audio-, video yozuvlar hamda boshqa jismlardagi yozuvlar, adabiyot va sanʼat asarlari, arxiv, qoʼlyozma va chizma hujjatlar, qadimgi qoʼlyozma kitoblar, harf terish usulida chiqarilgan dastlabki kitoblar, nodir va noyob nashrlar, notalar, muqaddas buyumlar va memorial xususiyatga ega boʼlgan ashyolar, tosh haykallar, qoyaga oʼyib solingan tasvirlar, arxeologiya yodgorliklari. Download 22.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling