Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asoslari reja: Tabiiy resurslar ta’rifi, tasnifi va ularning turlari. Tabiiy resurslarning ahamiyati
Download 32.6 Kb.
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Paydo bo‘lish bo‘yicha
TABIIY RESURSLARDAN OQILONA FOYDALANISH ASOSLARI Reja: 1. Tabiiy resurslar ta’rifi, tasnifi va ularning turlari. 2. Tabiiy resurslarning ahamiyati. 3. Tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish. Tayanch iboralar: resurs, fauna, flora real, potensial Tabiiy resurlar deb tabiatda mavjud bo‘lgan, insonlar tomonidan yaratilmaydigan, jamiyatning moddiy va man’aviy ehtiyojlarini qondirish hamda ho‘jalik faoliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan tabiiy ob’ektlarga, sharoitlarga va jarayonlarga aytiladi. Mamlakatning tabiiy resurlarga boyligi uning iqtisodini rivojlantirishning muhim shartidir, aksincha zahiralarning kamligi yoki umuman yo‘qligi ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Lekin bu qonuniyat har doim tug‘ri deb bo‘lmaydi. Dunyoda shunday mamlakatlar borki, ular joylashgan hududda mineral resurlar umuman yo‘q yoki bo‘lsa ham juda oz mikdorda, shunga qaramasdan, rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Masalan, YAponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va boshqalar. Bu mamlakatlarda ishchilar, muhandislar va texnik xodimlarning yuqori malakaga egaligi, fan-texnika tarraqqiyoti uchun yaratilgan sharoitlar sanoatni rivojlatirishda eng muhim omillardan biri deb hisoblanadi. Tabiiy resurlar tasniflash uchta belgi asosida qabul qilingan: paydo bo‘lish ma’nbasi asosida, ishlab chiqarish bo‘yicha va qayta tiklanish darajasi bo‘yicha. Paydo bo‘lish bo‘yicha tabiiy resurslar biologik, mineral va enegretik resurlarga bo‘linadilar. Biologik resurlar- biosferaning muhitini tashkil qiluvchi barcha jonli komponentlar: produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardir. Ular inson tabiatdan moddiy va man’aviy foydalanish manbasidir. Biologik resurslarga qo‘yidagilar kiradi: hayvonot, o‘simliklar dunyosi, mikroorganizmlar. Alohida o‘rinni genetik resurslar egallaydi. Mineral resurslar ho‘jalikda mineral xomashyo yoki energiya manbai shaklida litosferada foydalanish uchun mavjud moddiy komponentlardir. Mineral xomashyo rudali (undan metallar ajratib olinadi) va rudasiz (metalmas komponentlar ajratib olinsa yoki qurilish material shaklida ishlatilsa) bo‘lishi mumkin. Agarda mineral resurslar yoqilg‘i shaklida ishlatilsa (ko‘mir, neft gaz, torf, yog‘och, atom energiyasi) ular yokilgi-energetik resurslari turiga kiradilar. Download 32.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling