2
Djurabekova Z.X. “Soliqlar va soliqqa tortish” fanidan
amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun uslubiy qo‘llanma.
I bo‘lim. -T.: ToshDTU, 2014.
Ushbu uslubiy qo‘llanma “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga doir
masalalar, rasmlar va jadvallar ko‘rinishida yoritilgan.
Mazkur fanga doir ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma barcha ta’lim
muassasalarida ta’lim oluvchilar soliqlarga doir bilim salohiyatlarini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi inobatga olinib tayyorlangan.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni
chuqurlashtirish
davlatning soliq siyosatiga chambarchas bog‘liqligi fuqarolik
jamiyatining soliq sohasiga doir bilimga ega bo‘lishini taqozo etadi.
Chunki soliqlar muayyan maqsadlarni ko‘zlashdan tashqari jamiyatning
ijtimoiy farovonligini yaxshilashga ta’sir o‘tkazish
imkoniyatini
yaratadi. Ta’lim jarayonida talaba ushbu fanni yuqori darajada
o‘zlashtirilishida,
fanga doir yuqori bilim, ko‘nikma va malakaga ega
bo‘lishida uslubiy qo‘llanmaning o‘rni beqiyosdir.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma oliy ta’limning
uni tayyorlashda
qo‘yilgan talablariga, jumladan, o‘quv va o‘quv ishchi dasturlariga mos
ravishda tuzilgan. Qo‘llanmada mavzularga doir nazariy va amaliy
asoslar tushunarli yoritilgan. Ayniqsa, fanga
doir mavzularni mustaqil
o‘rganish uchun nazorat va test savollari, masalalar, adabiyotlar
ro‘yxati jamlangan.
Ushbu uslubiy qo‘llanmadan noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishlari
talabalari uchun seminar va amaliy mashg‘ulotlar
olib borishda
foydalanish tavsiya etiladi.
Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-uslubiy kengashi
qaroriga asosan chop etishga tayyorlandi.