Energetik resurslar – quyosh, koinot, atom-energetik, termo va boshqa energiya manbalarini majmuasi.
Ishlab chiqarishda ishlatilishi bo‘yicha tabiiy resurlar qo‘yidagilarga bulinadi:
- er fondi- dunyo va mamlakat miqyosidagi hamma erlar qo‘yidagi toifalarga bo‘linadi: qishloq xo‘jaligida, yashash punktlari, sanoat, transport, qazib olish sanoatida va boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan erlar. Dunyo er fondi 13,4 mlrd.gani tashkil kiladi;
- o‘rmon fondi - alohida muhofaza qilinadigan hududlarni tashkil qilish uchun o‘rmonlar o‘sadigan yoki o‘sishi mumkin bo‘lgan sayyoramizning er fondining bir qismi;
- suv resurlari –ho‘jalikda hilma hil maqsadlarda ishlatiladigan er osti va er usti suvlari (alohida o‘rinni chuchuk suv zahiralari egallaydi);
- gidroenergetik resurslari – daryo, dengizning pasayish-ko‘tarilish faoliyatini beradigan resurlar;
- fauna resurlari – inson ekologik muvozanatni buzmagan holda suv, o‘rmon, cho‘llardagi tirik mavjudotlarni ishlatishi mumkin bo‘lgan resurslar;
- qazilma boyliklar (rudali va rudasiz, yoqilgi-energetik resurlari)- xo‘jalikda ishlatilishi mumkin bo‘lgan er kobig‘idagi minerallarning tabbiy yig‘indisi.
Atrof-muhitni asrash nuqtai nazaridan resurlarning uchinchi, ya’ni – qayta tiklanishi tasnifi muhimdir.
Barcha tabbiy resurslar shartli ravishda - tugaydigan va tugamiydigan resurlarga bo‘linadi (1-jadval )
1 - jadval
Tugaydigan resurlar
|
Tugamaydigan
resurslar
|
Tiklanmaydigan resurlar
|
Tiklanadigan resurlar
|
Er osti qazilmalari (rudali, noruda va yonilg‘i qazilma boyliklar)
|
Tuproq, o‘simlik va hayvonlar, suv resurlari
|
Havo, suv, iqlim, koinot resurlari: quyosh, yadro, geotermal, shamol, to‘lqin energiyalari hamda erning ichki issiqlik energiyasi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |