Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar


IV. Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari


Download 198.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana13.04.2023
Hajmi198.04 Kb.
#1354441
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida

IV. Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-sonli qarori bilan
tasdiqlangan “Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari to‘g‘risida”gi 
nizom
.
21-modda. Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarini tashkil etish
Alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va majmualarni asl holatida saqlash
uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar majmua (landshaft) buyurtma
qo‘riqxonalari hisoblanadi.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining
taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat
tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari bunday qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
22-modda. Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining rejimi
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-
tadqiqot, rekreatsiya faoliyati, atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish, shuningdek pichan o‘rish va
chorva mollar o‘tlatish, yovvoyi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun, majmua (landshaft)
buyurtma qo‘riqxonalari xodimlarining va mazkur qo‘riqxonalarning qo‘riqlanma zonalarida
yashovchi fuqarolarning o‘z ehtiyojlari uchun yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarning dorivor va
texnik xomashyosini tayyorlash (yig‘ish) bundan mustasno.
V. Tabiat bog‘lari
23-modda. Tabiat bog‘larini tashkil etish
Alohida ekologik, madaniy va estetik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va majmualarni
tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, rekreatsiya, ilmiy va madaniy maqsadlarda saqlab qolish
hamda ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiat
bog‘lari hisoblanadi.
Tabiat bog‘lari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan tegishincha
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari
bilan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etiladigan milliy tabiat bog‘lari va
mahalliy ahamiyatga molik tabiat bog‘lariga bo‘linadi.
Tabiat bog‘lari bunday bog‘lar to‘g‘risidagi, ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo‘lsa,
shu davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.
 LexUZ sharhi

Download 198.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling