II. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish
11-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat boshqaruvi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish
sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
12-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish uchun yer uchastkalarini
zaxira qilish
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish maqsadida maxsus vakolatli davlat
organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning taklifiga binoan mahalliy davlat hokimiyati
organlarining qarori bilan yer uchastkalari zaxira qilinadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarning zaxira qilingan yer uchaskalaridagi faoliyati, agar bunday
faoliyat mazkur uchastkalarda muhofaza qilish mo‘ljallanayotgan tabiiy obyektlar va majmualar
saqlanishiga xavf soladigan bo‘lsa, cheklanishi yoki taqiqlanishi lozim. Ana shu yer uchastkalarini
yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berishga faqat davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi
mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejalar va dasturlarni, yer tuzish sxemalarini hamda
hududiy rejalashtirishni, shuningdek tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga
doir boshqa rejalarni ishlab chiqishda hisobga olinadi.
13-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va
ularning faoliyat yuritishini tugatish
Oldingi
tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan tashkil
etiladi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni qayta tashkil etish ularning toifalarini o‘zgartirish zarur
bo‘lganda amalga oshiriladi. Bunda muhofaza etiladigan tabiiy hududning qattiqroq rejimli
toifadan yengilroq rejimli toifaga o‘tkazilishiga alohida hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning faoliyat yuritishini tugatish bunday hududlar qaysi
muddatga tuzilgan bo‘lsa, shu muddat tugaganidan keyin, shuningdek tabiiy ofatlar hamda
texnogen xususiyatdagi ta’sirlar natijasida ulardagi tabiiy obyektlar va majmualarning qimmatliligi
hamda noyobliligi yo‘qolgan taqdirda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |