Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar
-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari
Download 198.04 Kb. Pdf ko'rish
|
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanishini tashkil etish
16-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha barcha tashkiliy, tabiatni muhofaza qilish yo‘nalishidagi, texnikaviy va boshqa tadbirlardan iborat. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tasdiqlanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarining loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak. Oldingi tahrirga qarang. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. (16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Oldingi tahrirga qarang. 17-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning qo‘riqlanishini tashkil etish Oldingi tahrirga qarang. Davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari va davlat biosfera rezervatlarini qo‘riqlash qo‘riqlov xodimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi nizomlar bilan tartibga solinadi. Qo‘riqlov xodimlari davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat biosfera rezervatlari shtatida turadi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat inspektorlarining barcha huquqlari va imtiyozlaridan foydalanadi. (17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Milliy bog‘larni qo‘riqlash bunday bog‘lar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilangan tartibda ta’minlanadi. Davlat buyurtma qo‘riqxonalari va tabiiy pitomniklarni qo‘riqlash bunday qo‘riqxona va pitomniklar qaysi yuridik shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, shu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tabiat yodgorliklarini qo‘riqlash bunday yodgorliklar qaysi yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Agar davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklari yuridik hamda jismoniy shaxslarga berilmagan yer uchastkalarida joylashgan bo‘lsa, ularning qo‘riqlanishini ta’minlash mahalliy davlat hokimiyati organlari va maxsus vakolatli davlat organlari zimmasiga yuklatiladi. Oldingi tahrirga qarang. Suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari hamda yer usti va yer osti suvlarining hosil bo‘lish zonalarini qo‘riqlash ular qaysi suv xo‘jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalarida tashkil etilgan bo‘lsa, shu suv xo‘jaligi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. (17-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son) Suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalari ichki ishlar organlari tomonidan qo‘riqlanadi. Kurort tabiiy hududlarni va rekreatsiya zonalarini qo‘riqlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ta’minlanadi. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar o‘rmon qo‘riqchilari va ovchilik xo‘jaliklarining egerlik xizmati tomonidan qo‘riqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. Baliq xo‘jaligi zonalarini qo‘riqlash baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan ta’minlanadi. (17-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Xususiy buyurtma qo‘riqxonalar va tabiiy pitomniklarni qo‘riqlash ular qaysi yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘lsa, shu yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ta’minlanadi. Qo‘riqlanma zonalar davlat qo‘riqxonalari, buyurtma qo‘riqxonalar va davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilish qaysi davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, shu davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qo‘riqlanadi. (17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda) Download 198.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling