8-modda. Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirish erkinligi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar fuqarolar kirib chiqishi uchun ochiqdir, ushbu Qonunda
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O‘simliklar va hayvonlarning noyob hamda yo‘qolib
ketish xavfi ostida bo‘lgan turlarini, bunday o‘simliklar o‘sadigan va bunday hayvonlar yashaydigan
muhitni muhofaza qilish maqsadida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ayrim qismlariga
fuqarolarning kirishi mazkur hududlar qaysi davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida
bo‘lsa, shu davlat organi, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan cheklanishi yoki man etilishi
mumkin.
Fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi shu hududlarda
bo‘lishning maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadigan qoidalariga muvofiq
amalga oshiriladi. Fuqarolarning ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kirib chiqishi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda pullik asosda amalga
oshirilishi mumkin.
Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda aholining tarixan qaror topgan tarzda yashashi
mazkur hududlarning rejimiga rioya etish sharti bilan saqlab qolinishi mumkin.
9-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish
sohasidagi davlat nazorati
Oldingi
tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi
davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat
qo‘mitasi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
10-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish va
Do'stlaringiz bilan baham: |