IX. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar
42-modda. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarning turlari
O‘rmon fondining eroziyaga qarshi barpo etilgan o‘rmonlar, shahar o‘rmonlari, shaharlarning,
boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining yashil mintaqalari atrofidagi o‘rmonlar, alohida
qimmatli o‘rmonlar, yong‘oqzorlar, mevali daraxtzorlar, ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga molik
o‘rmonlar egallagan yerlari, shuningdek ovchilik xo‘jaliklarining o‘simlik va hayvonot dunyosidan
oqilona foydalanish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun
mo‘ljallangan hududlar jumlasiga kiradi.
43-modda. Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarning rejimi
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarda tirik organizmlarning
yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish hamda o‘simlik va hayvonot
dunyosiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa faoliyat taqiqlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlarda o‘simlik va hayvonot
dunyosidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-
oktabrdagi 290-sonli “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish
sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi
qarori
.
Oldingi
tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |