Жаҳон иқтисодий ва ижтимоий географияси


Download 1.28 Mb.
bet1/64
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1050758
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi


O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi
Muqimiy nomidagi Qo’qon Davlat pedagogika instituti
Kimyo-biologiya fakulteti
Geografiya kafedrasi

Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi” fanidan ma’ruza matni.





Qo’qon – 2008 y.

Ushbu ma’ruza matnida jahon mamlakatlarining geosiyosiy holati, rivojlanib borishi, taraqqiyot bosqichlari iqtisodiy geografik nuqtai nazardan yoritib berilgan. SHu bilan birga jahon mamlakatlarining tuzumi, jahon tabiiy resurslari, aholi va mehnat resurslari, iqtisodiyoti hamda jahonning globol muammolarini o’rganishga qaratilgan.


Ma’ruza matni geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo’nalishi talabalariga mo’ljalangan.
Tuzuvchi: b.f.n, katta o’qituvchi A. M. Jobborov


Taqrizchilar: FDU geografiya kafedrasi o’qituvchisi
g.f.d, Yu. Ahmadaliev, QDPI g.f.n, katta
o’qituvchi O. Qo’ziboeva, o’qituvchi
O.Qo’chqorov
Ushbu ma’ruza matni geografiya kafedrasining 2008 yil ____ avgustdagi № 1- sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan.

Ushbu ma’ruza matni institut Ilmiy Kengashining 2008 yil ____ avgustdagi № 1- sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.


Mavzu: Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasiga kirish.

Mazkur kurs ijtimoiy-geografik fan bo’lib, u aholi va xo’jalikni butun dunyoda, ayrim hududlar va mamlakatlarda rivojlanish va joylanish qonuniyatlarini tadqiq etadi. Mazkur kurs butun jahon xalqaro munosabatlarini, insoniyat va jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqalari, global muammolar va jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.


Mazkur fanning shakllanish va taraqqiyotida bir qator iqtisodchi geograf olimlarning hissasi ko’p. Masalan: N.N.Baranskiy, I.A.Vitver, N.N.Kolosovskiy, V.P.Maksakovskiy, V.Ya.Rom, K.F. Stroev. O’zbek iqtisodchilaridan Z.Akramov, A. Soliev, A. Ro’ziev.
Jahon iqtisodiy va siyosiy geografiyasi ijtimoiy fan bo’lganligi uchun bir qator iqtisodiy va tabiiy fanlar bilan bog’langan. Masalan:iqtisod, tarix, falsafa, matematika, siyosiy va sotsial geografiya, aholi geografiyasi va tabiiy geografik fanlar biologiya, ximiya fanlari bilan bog’langan.
Tadqiqot metodlari ham tobora boyib, kengayib bormoqda. Statistik, kartografik va tarixiy metodlardan tashqari yangi metodlar, masalan: matematik modellashtirish, kosmik metodlar paydo bo’ldi.
Iqtisodiy geografik tadqiqotlar xo’jalik tarmoqlarini joylashtirishda ilmiy asoslashga, qulay joylashtirilishiga, planli xo’jalik yuritilishiga, aholini sotsial sharoitini yaxshilash bilan birga material, yoqilg’i va asosiysi mablag’ni ko’p iqtisod qiladi.
Iqtisodiy-“ekonomicheskiy” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, xo’jalik yuritish degan ma’noni bildiradi. Mazkur fanni 1-bo’lib M.V.Lomonosov shunday deb atagan.



Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling