B. T. Jobborov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy
Download 202.95 Kb. Pdf ko'rish
|
1
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQLIM O‘ZGARISHI VA EKOLOGIK MOSLASHUV maxsus kursining o‘quv dasturi Toshkent - 2022
- “Iqlim o‘zgarishi va ekologik moslashuv” maxsus kursi o‘quv dasturi. – T.: 2022. Tuzuvchilar
- Taqrizchilar
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2023-yil “ 13 ”yanvardagi 4/11-1/3-151 -sonli xatiga 1-ilova O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI IQLIM O‘ZGARISHI VA EKOLOGIK MOSLASHUV maxsus kursining o‘quv dasturi Toshkent - 2022 Ushbu maxsus kursining o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-436-son qarorida keltirilgan “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash bo‘yicha” Harakatlar rejasida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashga, shuningdek talabalarda iqlim o‘zgarishining sabablari va omillari to‘g‘risida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. “Iqlim o‘zgarishi va ekologik moslashuv” maxsus kursi o‘quv dasturi. – T.: 2022. Tuzuvchilar: B.T.Jobborov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ekologiya fakulteti Ekologiya kafedrasi dotsenti, b.f.b.f.d. Sh.A.Xalillayev Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ekologiya fakulteti Ekologiya kafedrasi dotsent, b.f.b.f.d. Taqrizchilar: S.S.Bo‘riyev Atrof-muhit tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, b.f.n., dotsent T.Raximova Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti. Ekologiya fakulteti. Ekologiya kafedrasi professori, b.f.d. KIRISh Bugungi kunda dunyo boʻyicha tabiatga boʻlgan tabiiy va antropogen taʼsirlarning ortib borish tendensiyasi kuzatilmoqda, natijada biosferaning ekologik holatining oʻzgarishi va iqlim oʻzgarishi vujudga kelmoqda. Iqlim oʻzgarishi, uning barqaror emasligi nafaqat olimlar nigohida, balki butun dunyo jamoatchiligi koʻz oʻngida yorqin aks etmoqda. Ob-havoning keskin oʻzgarishi natijasida yuz berayotgan toʻfonlar, suv toshqinlari, sunamilar bir tomondan qurgʻoqchilik, jazirama issiqlar, muzliklarning jadal erishlari ikkinchi tomondan anomal, yaʼni noodatiy koʻrinishga ega boʻlmoqda. Shu sohaning mutaxassisi boʻlmagan kishilarga bunday iqlim oʻzgarishlarini idrok etish va tushunish oson emas, albatta. Tabiiy ofatlar keskin oʻzgarishlar boʻlmagan kishilik jamiyati davrlarida ham ozmi-koʻpmi ularni tashvishga solib turgan. Nima uchun aynan keyingi 20-30 yil mobaynida yuz berayotgan iqlim isishi odamlarni xavotirga solib qoʻydi. Tabiiy ofatlar, iqlimning isib ketishi toʻgʻrisidagi turli mish-mishlar qanday yuzaga kelmoqda. Global miqyosda sodir boʻlayotgan iqlim oʻzgarishlar navbatdagi “muz davri” boshlanmoqda, yoinki uning aksi sodir boʻlmoqda degan gaplar qanchalik toʻgʻri? Savollar koʻp, ammo javoblar inson ongi va tafakkuridan tashqarida joylashgan boʻlsa? Agarda Internet saytlari, roʻznomalarda tinimsiz bosilayotgan maqolalar, teleekranlarda aytilayotgan gaplar, radioeshittirishlarni tinglasangiz, unda butunlay boshqa manzara koʻz oʻngimizda gavdalanadi. Goʻyoki butunlay tinch va halovatli davrda yashayotgandek. Planetamizning turli mintaqalarida sodir boʻlayotgan halokatlarning bizlarga daxli yoʻqdek koʻrinadi. Iqlim va uning oʻzgarishiga oid turli koʻrinish va shakldagi maʼlumotlarni sodda va ravon tilda, ortiqcha shov-shuvlarsiz, keskin siyosiy va iqtisodiy mulohazalarsiz oʻquvchiga tushintirib berish orqali yoshlarning ekologik ong va madaniyatini shakllantirish. Iqlim va ob-havo tushunchasi, uning oʻzgarish mexanizmi, obyektiv va subyektiv sabablari va oqibatlari hamda global, mintaqaviy va milliy hududiy muammolar doirasidagi xalqaro hamkorlik toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Bundan tashqari, hozirgi xavotirli damlarda oʻquvchilar oʻzlarini qanday tutishlari va qay tarzda harakat qilishlari kerakligi tushuntiriladi. Asosiysi, har bir inson, u kim boʻlishi va qanday ijtimoiy mavqega ega boʻlishidan qatʼiy nazar, iqlim hodisalarini toʻgʻri anglashi, ongli ravishda toʻgʻri qaror chiqarishi orqali atrof muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklashga yoʻnaltirilgan kundalik faoliyatiga koʻmaklashadi. Keling, bir oʻylab koʻraylik, kundalik hayotimiz qanday kechadi? Biz uygʻongach, chiroqni yoqamiz. Soʻngra yuvinish uchun suvni, nonushta tayyorlash uchun gazni yoqamiz. Kiyimimizni dazmollash uchun dazmoldan, soch quritish uchun fen yoqib turmagimizni toʻgʻrilaymiz, televizorni yoqib soʻnggi yangiliklardan boxabar boʻlamiz, shuningdek, bugungi turmush tarzimizni shu kabi texnik asboblarsiz mutlaqo tasavvur boʻlmaydigan yana boshqa koʻplab anjomlardan foydalanamiz. Keyin esa har tong oʻqishga shoshamiz, koʻzlagan manzilimizga albatta biror transport vositasida, deylik, avtobus, tramvay, trolleybus, metroda borishga toʻgʻri keladi. Bizga oʻxshagan minglab yoʻlovchilar transport vositalaridan foydalanishadi. Oʻqishdan qaytgach esa yana televizor murvatini buraymiz, kompyuterda ishlaymiz va yana boshqa koʻplab elektr asboblarini ishga solamiz. Biz to uyquga ketguncha elektr bilan ishlaydigan vositalar ishlab turadi. Xullas, hayotimizni elektr energiyasisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Xonadonimizga elektr energiyasi turli koʻrinishdagi elektr stansiyalaridan keladi va uni ishlab chiqarish uchun koʻmir, neft va gaz yoqiladi. Energiyani tejab ishlatish oʻz vaqtida mazkur qazilma boyliklarni ham tejashda qoʻl keladi. Bundan tashqari, elektr energiyasidan foydalanish samaradorligini oshirish - bu elektr tarmoqlari uchun toʻlanadigan toʻlovlarni ham kamaytiradi. Axir, bejizga elektr energiyasiga toʻlovlar kundan-kunga oshib bormayapti, chunki energiya hosil qilish uchun yoqiladigan yonilgʻilar hajmining ortishi bunga sabab boʻladi. Bizning yashab qolishimiz yer sayyorasining bir-birimiz va tabiat bilan oʻzaro uzviy aloqa bogʻlashimizga bogʻliq. Bizning zimmamizga tabiatni, oʻsimliklar, hayvonot olamini saqlab qolish va kelajak uchun asrashdek masʼuliyatli vazifa yuklangan. Biz energiyasiz yashashishimiz mumkin. Kelajak taraqqiyotimiz atrof-muhitga va iqlim oʻzgarishiga mutlaqo zarar yekazmaydigan energiya manbalarini ishlab chiqarishga ham bogʻliqligini unutmang. Biz duch kelgan muammo gʻoyat ulkan, ammo unga yechim topish uchun biz avvalo, tejamkorlikka, masʼuliyat hissini tuyishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak. Biz eng oddiy narsalarga: masalan, oʻz ixtiyorimizdagi energiyani tejab ishlatishga, energiyaning atrof-muhitga bezarar va samarali turlarini qoʻllashga harakat qilishimiz kerak. Download 202.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling