Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar qaysi normativhuquqiy hujjatga asosan tashkil etilgan
Download 27.86 Kb.
|
Notarial arxivlar faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivning asosiy vazifalari.
- 3.Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivning yuklatilgan vazifalarga muvofiq funksiyalari.
Yo‘nalishi: Notarial arxivlar faoliyati uchun Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar qaysi normativhuquqiy hujjatga asosan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 22.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2168 2.Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivning asosiy vazifalari. Idoraviy arxivning asosiy vazifalari: tashkilot hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tegishli arxivlarga topshirishdan iborat bo‘ladi. 3.Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivning yuklatilgan vazifalarga muvofiq funksiyalari. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishilgan me’yoriy-uslubiy hujjatlarga muvofiq tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari hamda arxivni butlash manbalari hisoblangan boshqa tashkilotlarning ish yuritish jarayonida tugallangan hamda shaxsiy tarkib hujjatlarini jamlaydi, hisobga oladi va saqlaydi;Arxivga qabul qilingan yig‘majildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini beradi;Arxivda saqlanayotgan hujjatlarga ilgari davlat tomonidan saqlashga topshirilgan hujjatlarning ilmiy-ma’lumot apparati bilan izchilligini hisobga olgan holda ilmiy-ma’lumot apparatini tashkil qiladi va to‘ldirib boradi;Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etadi, ish yuritish jarayonida hujjatlar qimmatini ekspertiza qilishda uslubiy yordam ko‘rsatadi;Hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda topshiradi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini doimiy (muddatsiz) saqlash huquqi berilgan idoraviy arxivlar bundan mustasno);O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning davlat hisobini yuritishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalariga taqdim etadi hamda arxivda saqlanayotgan hujjatlarning idoraviy saqlanishi to‘g‘risida tasdiqlangan statistik shakllar bo‘yicha ma’lumotlar beradi;Tashkilotning ish yuritish xizmati bilan birgalikda tarkibiy bo‘linmalar yig‘majildlarining to‘g‘ri shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini nazorat qiladi, yig‘majildlar ro‘yxatini tuzishda ishtirok etadi;Quyi tarkibiy bo‘linmalarda arxivlarning ahvolini va ish yuritish qanday yo‘lga qo‘yilganligini tekshirishda ishtirok etadi;Quyi tashkilotlarda saqlanayotgan hujjatlar hisobini olib boradi;Hujjatlardan foydalanishni tashkil qiladi va belgilangan tartibda ham manfaatdor tashkilotlarga, ham fuqarolarga ma’lumotnomalar, hujjatlardan ko‘chirmalar va nusxalar beradi;Tizim tashkilotlari arxivlarining ish tajribasini o‘rganadi va umumlashtiradi;. Tashkilotning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlar (yo‘riqnoma, tavsiya, nizom, saqlash muddatlari ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxati va boshqalar)ni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishib oladi; Quyi tashkilotlar xodimlariga hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish va arxiv ishi masalalariga doir maslahatlar beradi; Quyi tashkilotlarning ish yuritish xizmati va arxiv xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etadi. Download 27.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling