Yo‘nalishi: Notarial arxivlar faoliyati uchun Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar qaysi normativhuquqiy hujjatga asosan tashkil etilgan


Download 184.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana09.06.2023
Hajmi184.95 Kb.
#1466022
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Notarial arxivlar faoliyati



Yo‘nalishi: Notarial arxivlar faoliyati uchun
1. Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar qaysi 
normativhuquqiy hujjatga asosan tashkil etilgan 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat 
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining qarori, 22.12.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2168 
2.Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivning asosiy 
vazifalari. 
Idoraviy arxivning asosiy vazifalari: tashkilot hujjatlarini jamlash, hisobga olish, 
saqlash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun 
tegishli arxivlarga topshirishdan iborat bo‘ladi. 
3.Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivning 
yuklatilgan vazifalarga muvofiq funksiyalari. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi 
organlari va muassasalari bilan kelishilgan me’yoriy-uslubiy hujjatlarga muvofiq 
tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari hamda arxivni butlash manbalari hisoblangan 
boshqa tashkilotlarning ish yuritish jarayonida tugallangan hamda shaxsiy tarkib 
hujjatlarini jamlaydi, hisobga oladi va saqlaydi;Arxivga qabul qilingan 
yig‘majildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini beradi;Arxivda saqlanayotgan 
hujjatlarga ilgari davlat tomonidan saqlashga topshirilgan hujjatlarning ilmiy-
ma’lumot apparati bilan izchilligini hisobga olgan holda ilmiy-ma’lumot apparatini 
tashkil qiladi va to‘ldirib boradi;Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va 
amaliy qimmatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etadi, ish yuritish 
jarayonida 
hujjatlar 
qimmatini 
ekspertiza 
qilishda 
uslubiy 
yordam 
ko‘rsatadi;Hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va 
“Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan 
muddatlarda topshiradi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini 
doimiy (muddatsiz) saqlash huquqi berilgan idoraviy arxivlar bundan 
mustasno);O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini ro‘yxatdan 
o‘tkazish va ularning davlat hisobini yuritishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan 
hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” 
agentligi organlari va muassasalariga taqdim etadi hamda arxivda saqlanayotgan 
hujjatlarning idoraviy saqlanishi to‘g‘risida tasdiqlangan statistik shakllar bo‘yicha 
ma’lumotlar beradi;Tashkilotning ish yuritish xizmati bilan birgalikda tarkibiy 
bo‘linmalar yig‘majildlarining to‘g‘ri shakllantirilishini va rasmiylashtirilishini 
nazorat qiladi, yig‘majildlar ro‘yxatini tuzishda ishtirok etadi;Quyi tarkibiy 
bo‘linmalarda arxivlarning ahvolini va ish yuritish qanday yo‘lga qo‘yilganligini 
tekshirishda ishtirok etadi;Quyi tashkilotlarda saqlanayotgan hujjatlar hisobini olib 


boradi;Hujjatlardan foydalanishni tashkil qiladi va belgilangan tartibda ham 
manfaatdor tashkilotlarga, ham fuqarolarga ma’lumotnomalar, hujjatlardan 
ko‘chirmalar va nusxalar beradi;Tizim tashkilotlari arxivlarining ish tajribasini 
o‘rganadi va umumlashtiradi;. Tashkilotning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda 
arxiv ishi va ish yuritishda hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-uslubiy 
hujjatlar (yo‘riqnoma, tavsiya, nizom, saqlash muddatlari ko‘rsatilgan hujjatlar 
ro‘yxati va boshqalar)ni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishib oladi; 
Quyi tashkilotlar xodimlariga hujjatlar bilan ishlashni tashkil qilish va arxiv ishi 
masalalariga doir maslahatlar beradi; Quyi tashkilotlarning ish yuritish xizmati va 
arxiv xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etadi. 

Download 184.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling