Yo‘nalishi: Notarial arxivlar faoliyati uchun Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar qaysi normativhuquqiy hujjatga asosan tashkil etilgan


Arxiv nusxasi deganda qanday arxiv hujjati tushuniladi


Download 184.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana09.06.2023
Hajmi184.95 Kb.
#1466022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Notarial arxivlar faoliyati

 
28. Arxiv nusxasi deganda qanday arxiv hujjati tushuniladi.
arxiv nusxasi – tegishli tartibda tasdiqlangan, arxiv shifri va saqlov birligi 
varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan arxiv hujjatining so‘zma-so‘z bayon etilgan 
nusxasi; 
 
29. Arxiv ma’lumotnomasi deganda qanday arxiv hujjati tushuniladi. 
arxiv ma’lumotnomasi - yuridik kuchga ega bo‘lgan va surovnoma asosidagi 
hujjatli ma’lumotga ega bo‘lgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi 
varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
 
 30. Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxiv tomonidan 
bepul amalga oshiriladigan qanday xizmat turlari mavjud
a) arxiv hujjatlaridan foydalanish va o‘quv zalida foydalanuvchilarga xizmat 
ko‘rsatish; 
b) ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarni bajarish, xususan, mehnat faoliyati va ish haqini 
tasdiqlash to‘g‘risidagi, yuridik shaxsni qayta nomlash to‘g‘risidagi, o‘quv 
muassasalarida 
o‘qiganlikni 
tasdiqlash 
to‘g‘risidagi, 
mukofotlanganlik 
to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini berish; 
v) arxiv ma’lumotnomalarini va arxiv hujjatining ko‘chirma nusxalarini qog‘ozda 
va elektron jismlarda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga taqdim 
etish; 
g) huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatiga ko‘ra arxiv hujjatlarini 
vaqtincha foydalanish uchun 3 oy muddatgacha taqdim etish; 


d) arxivlarning jamlash manbalaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi 
(bundan keyingi o‘rinlarda — MAF deb yuritiladi) tarkibiga kiritilgan, belgilangan 
idoraviy saqlov muddati tugagan hujjatlarni tartibga keltirilgan holda doimiy 
saqlash uchun qabul qilib olish. 
31. Arxiv hujjatlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha umumiy talablar. 
Arxivda arxiv hujjatlarini saqlash me’yoriy sharoitlarni yaratish, me’yoriy 
tartiblarga rioya etish va arxiv hujjatlari saqlovini to‘g‘ri tashkil etish, yo‘qolishi 
va o‘g‘irlanishini bartaraf etuvchi, shuningdek ularning normal fizik holatini 
saqlab turuvchi tadbirlar kompleksi orqali ta’minlanadi. 
Arxiv hujjatlarini saqlashning me’yoriy sharoitlari quyidagilar asosida 
ta’minlanadi: 
arxivlarga mos bino va xonalar ajratish; 
arxiv binolari va xonalarida maqbul (me’yoriy) yong‘inga qarshi, 
qo‘riqlash, harorat va namlik, yorug‘lik, sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratish; 
arxiv hujjatlarini saqlash va joyini o‘zgartirish uchun maxsus vositalarni 
(stellajlar, shkaflar, seyflar, qutilar, papkalar va boshqalarni) qo‘llanish. 
Arxiv arxiv hujjatlarini saqlash uchun maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan 
binoda, yong‘in kelib chiqishi xavfi bo‘lgan obyektlar va havoni ifloslantiruvchi 
sanoat obyektlaridan uzoqda joylashtiriladi.
Asosiy turdagi xonalarning tarkibi, joylashuvi, jihozlanishi arxiv 
hujjatlarining ular bilan ishlashning barcha uchastkalarida saqlanishini, ishlar 
texnologiyasi talablariga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik 
texnikasi 
va 
ishlab 
chiqarish 
sanitariyasi, 
shuningdek 
arxiv 
tarkibiy 
bo‘linmalarining o‘zaro oqilona hamkorligini ta’minlashi lozim. Asosiy 
maqsaddagi xonalarga quyidagilar kiradi: 
arxiv saqlovxonasi; 
arxiv xodimlarining ish xonalari; 
arxiv hujjatlarini qabul qilish va vaqtincha saqlash, maqbul iqlim yaratish 
uchun xonalar; 
zararlangan arxiv hujjatlarini izolatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya qilish 
xonalari; 
arxiv hujjatlarini changdan tozalash, muqovalash va ta’mirlash xonalari; 
arxiv hujjatlari (mikro, ksero, foto nusxalarini olish, fotota’mirlash va 
boshqalar)dan nusxa olish va ta’mirlash, plyonkani qayta ishlash va audiovizual 
hujjatlarni texnik nazoratdan o‘tkazish xonalari; 
hisob hujjatlarini saqlash xonalari; 

Download 184.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling