54. Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxiv o‘z faoliyati
bo‘yicha kimga hisob beradi.
Hudud adliya
boshgaqamasiga xisob beradi.
55. Arxiv hujjatlarini tashish va boshqa joyga ko‘chirish tartibi.
Arxiv hujjatlari har qanday masofaga tashilganda ularni
atrof muhitning zararli
omillari ta’siridan muhofaza qilish va himoyalash bo‘yicha
arxiv hujjatlarini
yog‘inlardan, yorug‘lik, mexanik shikastlanishlardan
himoya qiluvchi maxsus
qoplama turlarini qo‘llanish choralariga rioya qilinadi. Arxiv hujjatlarini transport
vositasida tashish
ularni zich joylashtirib, qoplama
ichida arxiv hujjatlarining
surilishiga, urilishiga va har xil tebranishlarga imkon bermaydigan holda bajariladi.
Bunda fotofonohujjatlar vertikal holatda, qattiq konstruksiyali qutichalarning ichki
o‘lchamiga muvofiq, nam o‘tkazmaydigan matoga o‘ralgan holda joylashtiriladi.
Boshqa audiovizual, elektron hujjatlar, chizmali va katta o‘lchamdagi yig‘majildlar
va hujjatlar ular saqlanadigan qoplamada yoki ularni alohida ko‘chirish
uchun
mo‘ljallangan vositalarda ko‘chiriladi. Arxiv hujjatlarini arxiv ichida ko‘chirish
uchun aravalardan va boshqa tashish vositalaridan foydalaniladi.
Arxiv hujjatlarini shahar ichida tashish arxiv xodimi kuzatuvida, usti yopiq
avtomashinalarda amalga oshiriladi.
Arxiv hujjatlarini uzoq masofalarga qoplamaga o‘ralgan holda,
yopiq transport
vositalarida, transportning belgilangan turiga muvofiq
qimmatbaho yuklarni
tashish qoidalariga asosan bajariladi.