36. Qanday hollarda derazasiz xonalarda arxiv saqlovxonasini
joylashtirishga ruxsat etiladi.
Arxiv hujjatlarini saqlash qorong‘i xonalarda amalga oshiriladi. Bu arxiv
hujjatlarini
muqovalar, papkalar, qutilar,
yopiq turdagi shkaflar, stellajlarda,
shuningdek belgilangan yorug‘lik shartlariga rioya etgan holda ta’minlanadi.Arxiv
saqlovxonasini yoritish tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin; arxiv hujjatlari derazali
va derazasiz xonalarda joylashtirilishi mumkin.
Derazasiz xonalarda arxiv
saqlovxonasini joylashtirishga belgilangan tartibda havo almashishi uchun sun’iy
yoki tabiiy havo ventilatsiyasi mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi.Arxiv
saqlovxonasida tabiiy yoritishdan foydalanishga derazada yorug‘likni tarqatuvchi
oynalar yorug‘likni avtomatik ravishda
boshqaruvchi vositalar, himoya filtrlari,
jalyuzlar, pardalar va shu kabilar o‘rnatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.Arxiv
hujjatlarini tabiiy yoki sun’iy yorug‘likning salbiy ta’siridan
himoya qilish
arxivning barcha xonalarida arxiv hujjatlari bilan ishlashning barcha turlarida
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: