22- son mehnat shartnomasi termiz shahri 2022-yil “5” sentyabr I. Mehnat shartnomasi tomonlari
Download 19.06 Kb.
|
o`rindosh mehnat shartnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashpulatov Bekzod Xamitovich
- II. Shartnoma mavzusi va muddati
- III. Shartnomaning umumiy shartlari
22- son MEHNAT SHARTNOMASI Termiz shahri 2022-yil “5” sentyabr I. Mehnat shartnomasi tomonlari 1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-apreldagi PF–106-son Farmoniga muvofiq, Prezident ta`lim muassalari agentligi Surxondaryo viloyati Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi nomidan ish yurituvchi Tashpulatov Bekzod Xamitovich (keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi” deb yuritiladi) bir tomondan, fuqaro Abduraimov Fazliddin Shamsiddin o`g`li (keyingi o‘rinlarda “Xodim” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan - amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining tegishli qoidalari va mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga asoslangan holda mazkur mehnat shartnomasini (keyingi o‘rinlarda “Shartnoma” deb yuritiladi) tuzib, quyidagilarga kelishib oldilar: II. Shartnoma mavzusi va muddati 2.1. Xodim mazkur shartnomaga asosan Prezident ta`lim muassalari agentligi Surxondaryo viloyati Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktabi (keyinchi o‘rinlarda – “Ta’lim muassasasi”) tarbiya fani o`qituvchisi lavozimiga 2022-yil 5-sentyabrdan uch oylik sinov muddati bilan ishga qabul qilinadi. 2.2. Shartnoma o`rindoshlik asosida hisoblanadi. 2.3. Shartnoma nomuayyan muddatga tuziladigan shartnoma hisoblanadi. III. Shartnomaning umumiy shartlari 3.1. Xodim belgilangan tartibda amaldagi qonunchilik hujjatlari, ta’lim muassasasining ichki mehnat tartibi, odob-axloq qoidalari, ustavi (nizomi), lavozim vazifalar taqsimoti va boshqa maktab hujjatlariga asosan xizmat vazifalarini shaxsan bajaradi va ularga amal qiladi. 3.2. Xodimga ta’lim muassasasining tarifikatsiya jadvaliga asosan belgilangan ish haqi to‘lanadi hamda boshqa qonun bilan taqiqlanmagan imtiyoz, rag‘batlantirishlar beriladi. 3.3. Ish vaqti Ichki mehnat tartib-qoidasi bilan belgilanadi. 3.4. Xodimning lavozimi bo‘yicha ish haqi tasdiqlangan shtat jadvali(tarifikatsiya)ga muvofiq belgilanadi, uning miqdori Hukumat qarorlari asosida o‘zgartirilishi mumkin. 3.5. Xodimning ish haqi yuz foiz plastik kartochkaga o‘tkaziladi. Download 19.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling