Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar qaysi normativhuquqiy hujjatga asosan tashkil etilgan


Qanday hollarda derazasiz xonalarda arxiv saqlovxonasini joylashtirishga ruxsat etiladi


Download 27.86 Kb.
bet8/12
Sana14.05.2023
Hajmi27.86 Kb.
#1460774
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Notarial arxivlar faoliyati

36. Qanday hollarda derazasiz xonalarda arxiv saqlovxonasini joylashtirishga ruxsat etiladi.
Arxiv hujjatlarini saqlash qorong‘i xonalarda amalga oshiriladi. Bu arxiv hujjatlarini muqovalar, papkalar, qutilar, yopiq turdagi shkaflar, stellajlarda, shuningdek belgilangan yorug‘lik shartlariga rioya etgan holda ta’minlanadi.Arxiv saqlovxonasini yoritish tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin; arxiv hujjatlari derazali va derazasiz xonalarda joylashtirilishi mumkin. Derazasiz xonalarda arxiv saqlovxonasini joylashtirishga belgilangan tartibda havo almashishi uchun sun’iy yoki tabiiy havo ventilatsiyasi mavjud bo‘lganda ruxsat etiladi.Arxiv saqlovxonasida tabiiy yoritishdan foydalanishga derazada yorug‘likni tarqatuvchi oynalar yorug‘likni avtomatik ravishda boshqaruvchi vositalar, himoya filtrlari, jalyuzlar, pardalar va shu kabilar o‘rnatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.Arxiv hujjatlarini tabiiy yoki sun’iy yorug‘likning salbiy ta’siridan himoya qilish arxivning barcha xonalarida arxiv hujjatlari bilan ishlashning barcha turlarida amalga oshiriladi.

37. Qanday hollarda arxiv saqlovxonasida tabiiy yoritishdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Arxiv saqlovxonasida tabiiy yoritishdan foydalanishga derazada yorug‘likni tarqatuvchi oynalar yorug‘likni avtomatik ravishda boshqaruvchi vositalar, himoya filtrlari, jalyuzlar, pardalar va shu kabilar o‘rnatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
38. Arxiv saqlovxonalarida sanitariya-gigienik talablariga rioya etish qanday amalga oshiriladi. Saqlovxonalardagi sanitariya-gigiyenik sharoit tozalik va tartibga rioya etish, hasharot, kemiruvchilar va mog‘or, chang paydo bo‘lishining oldini olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arxiv saqlovxonalarida nam vositalar bilan tozalash, har yili chang yutgich vositasi yordamida stellajlar, shkaflar, saqlash vositalari (quti, bog‘lam, papkalar)dagi changlarni tozalash ishlari muntazam ravishda olib borilishi shart. Bunda devorning pastki qalin qismiga yaqin joylashgan stellajlar, pol, plintuslar, deraza tokchalari suvli antiseptik moddalar bilan artib tozalanadi.Arxiv saqlovxonalariga ustki kiyim-boshlarda, toza bo‘lmagan oyoq qiyimlarda kirish, u erda keraksiz narsalarni, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, shuningdek chekish taqiqlanadi.

Download 27.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling