Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar qaysi normativhuquqiy hujjatga asosan tashkil etilgan


Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish mobaynida qanday holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi


Download 27.86 Kb.
bet11/12
Sana14.05.2023
Hajmi27.86 Kb.
#1460774
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Notarial arxivlar faoliyati

47. Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish mobaynida qanday holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish mobaynida quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:hisobga olinmagan saqlov birliklarini yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxatiga, hisob daftariga kiritish;yig‘majildlar (hujjatlar) ro‘yxati va boshqa hisob hujjatlariga biron-bir belgilar qo‘yish, tuzatish yoki yozuvlar kiritish.
48. Hujjatlar mavjudligi va holatini tekshirish jarayonida topilmagan hujjatlarning qidiruvini tashkil etish tartibi.
Hujjatlar mavjudligi va holatini tekshirish jarayonida topilmagan hujjatlarning qidiruvi ularning yo‘qligi aniqlangan vaqtdan boshlab tashkil etilib, bir yil davomida bevosita arxivda va boshqa tashkilotlarda olib boriladi. Arxiv rahbariyati arxivning tegishli tarkibiy bo‘linmasi rahbarining bildirishnomasiga asosan qidiruv muddatini uzaytirish huquqiga ega.
Qidiruv davomida topilgan arxiv hujjatlari saqlovchiga beriladi, u ularni joyiga qo‘yadi. Tekshirish varag‘ida topilmagan arxiv hujjatlari kartotekasining “Izoh” ustuniga topilgan arxiv hujjatlari to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. U arxiv saqlovxonasi mudiri tomonidan imzolanadi.

49. Arxiv hujjatlarini, shuningdek ularning sug‘urta nusxasining fizik va texnik holatini baholashda aniqlanadigan holatlar.
Arxiv hujjatlarini, shuningdek ularning sug‘urta nusxasining fizik va texnik holatini baholash arxiv hujjatlari arxivga qabul qilingan vaqtdan boshlab 3 oydan kechikmay amalga oshiriladi. Qog‘ozli manbadagi arxiv hujjatlarining fizik holatini baholash natijasida:
biologik zararkunandalar bilan zararlangan;
yuqori darajada namiqqan;
qog‘ozi va matni shikastlangan;
chang bosgan arxiv hujjatlari aniqlanadi.
Bu hollarda yig‘majildlar, papkalar va qutilardagi barcha tegishli bo‘lmagan predmetlar, metall, karton, qog‘oz qutilar, skrepkalar va boshqalar olib tashlanadi.

50. Arxiv hujjatlariga fizikaviy-kimyoviy va texnikaviy ishlov berish nima maqsadda amalga oshiriladi.
Arxiv hujjatlariga fizikaviy-kimyoviy va texnikaviy ishlov berish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
arxiv hujjatlarining tez eskirishi va buzilishining oldini olish;
ularning xossalarini, texnik tavsiflarini va mustahkamligini tiklash;
hujjatli axborotlarni yanada mustahkam manbalarda ko‘paytirish.

Download 27.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling