Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar qaysi normativhuquqiy hujjatga asosan tashkil etilgan


Arxiv hujjatlarini saqlashning me’yoriy sharoitlari qanday ta’minlanadi


Download 27.86 Kb.
bet7/12
Sana14.05.2023
Hajmi27.86 Kb.
#1460774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Notarial arxivlar faoliyati

32. Arxiv hujjatlarini saqlashning me’yoriy sharoitlari qanday ta’minlanadi.
Arxiv hujjatlarini saqlashning me’yoriy sharoitlari quyidagilar asosida ta’minlanadi:
arxivlarga mos bino va xonalar ajratish;
arxiv binolari va xonalarida maqbul (me’yoriy) yong‘inga qarshi, qo‘riqlash, harorat va namlik, yorug‘lik, sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratish;
arxiv hujjatlarini saqlash va joyini o‘zgartirish uchun maxsus vositalarni (stellajlar, shkaflar, seyflar, qutilar, papkalar va boshqalarni) qo‘llanish.

33. Arxivni qanday binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Arxivni mustahkam bo‘lmagan, yog‘ochdan qurilgan, asosiy, yerto‘la va chordoq xonalari zax bo‘lgan, pech yordamida isitiladigan binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Arxiv hujjatlarini saqlash uchun mo‘ljallangan moslashgan binolardagi xonalar shu binoning boshqa xonalaridan ajratilgan bo‘lishi kerak. Arxiv hujjatlarini umumiy ovqatlanish xizmati, oziq-ovqat omborlari, yong‘in chiqish xavfi kuchli bo‘lgan hamda agressiv moddalar yoki yong‘in chiqishi xavfi mavjud va kimyoviy texnologiyalar qo‘llaniladigan binolarda joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
34. Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxiv saqlovxonasiga kimlar kirish huquqiga ega.
Arxiv saqlovxonasiga ushbu arxiv saqlovxonasi mudiri va xodimlari, shuningdek arxiv rahbari va uning o‘rinbosarlari, fondlarning bosh saqlovchisi kirish huquqiga ega. Kerak bo‘lganda yangilanadigan, arxiv saqlovxonasiga kirish huquqiga ega shaxslar ro‘yxati qo‘riqlash postida bo‘lishi kerak. Arxivning boshqa xodimlari arxiv saqlovxonasiga faqat bo‘lim mudiri yoki uning o‘rnidagi shaxs kuzatuvida kiritiladi. Boshqa shaxslar, istisno hollarda, faqat arxiv rahbarining yozma ruxsati va bo‘lim mudiri yoki uning o‘rnidagi shaxs kuzatuvida kiritiladi.
35. Arxiv hujjatlari saqlanadigan arxiv saqlovxonalarida me’yordagi harorat va namlik darajasi qancha miqdorda bo‘lishi kerak
Havo almashinish tizimlari bilan jihozlangan qog‘oz asosidagi arxiv hujjatlari saqlanadigan arxiv saqlovxonalarida me’yordagi harorat va namlik ta’minlanadi: harorat 17 — 19 °C, havoning nisbiy namligi 50 — 55%. Iqlimni boshqarib bo‘lmaydigan arxiv saqlovxonasida harorat-namlik rejimini maqbullashtirish chora-tadbirlari maqbul isitish va xonani shamollatish, shuningdek havoni namlash va quritishning mexanik usullarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Harorat (+/- 5S) va havo nisbiy namligining (+/- 10%) keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Download 27.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling