51. Arxiv hujjatlarini arxiv saqlovxonalaridan berishga umumiy talablar.
Arxiv hujjatlari arxiv saqlovxonalaridan quyidagi holatlarda:
arxiv saqlovxonasi (hujjatlar saqlovini ta’minlash bo‘limi) mudirining yozma ruxsatnomasi bo‘lganda — arxivning o‘quv zalidagi foydalanuvchilarga va arxiv xodimlariga arxivning ishchi xonalarida xizmat maqsadlari uchun;
arxiv rahbari yoki uning o‘rinbosarining yozma ruxsatnomasi bo‘lganda — fond tashkilotchilariga, sud, huquq-tartibot organlari va boshqa organ vakillariga ulardan kafolat xati bo‘lgan taqdirda vaqtinchalik ishlatish uchun;
tashkilotlarga — ko‘rgazma o‘tkazishga shartnoma hamda arxiv rahbarining tegishli buyrug‘i mavjud bo‘lganda ko‘rgazma uchun;
arxiv laboratoriyasi xodimlariga, maxsus tashkilotlarga — maxsus tashkilot bilan tegishli shartnoma bo‘lganda sug‘urta va foydalanish fondini tashkil etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va arxiv hujjatlariga maxsus ishlov berish uchun beriladi.
52. Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar.
53. Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxiv xodimlari kim tomonidan ishga qabul qilinadi va ishdan bo‘shatiladi.
Hududiy adliya boshqarmasi tomonidan vacancsy.adliya.uz sayti oraqali vakantlavozimlarni elon qilinganidan so’ng xujjat topshirgan shaxslarni o’rganib chiqaan xolda testdan va suhbatdan otgan nomzodlarni ishga qabul qiladi.
54. Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxiv o‘z faoliyati bo‘yicha kimga hisob beradi.
Hudud adliya boshgaqamasiga xisob beradi.
55. Arxiv hujjatlarini tashish va boshqa joyga ko‘chirish tartibi.
Arxiv hujjatlari har qanday masofaga tashilganda ularni atrof muhitning zararli omillari ta’siridan muhofaza qilish va himoyalash bo‘yicha arxiv hujjatlarini yog‘inlardan, yorug‘lik, mexanik shikastlanishlardan himoya qiluvchi maxsus qoplama turlarini qo‘llanish choralariga rioya qilinadi. Arxiv hujjatlarini transport vositasida tashish ularni zich joylashtirib, qoplama ichida arxiv hujjatlarining surilishiga, urilishiga va har xil tebranishlarga imkon bermaydigan holda bajariladi. Bunda fotofonohujjatlar vertikal holatda, qattiq konstruksiyali qutichalarning ichki o‘lchamiga muvofiq, nam o‘tkazmaydigan matoga o‘ralgan holda joylashtiriladi. Boshqa audiovizual, elektron hujjatlar, chizmali va katta o‘lchamdagi yig‘majildlar va hujjatlar ular saqlanadigan qoplamada yoki ularni alohida ko‘chirish uchun mo‘ljallangan vositalarda ko‘chiriladi. Arxiv hujjatlarini arxiv ichida ko‘chirish uchun aravalardan va boshqa tashish vositalaridan foydalaniladi.
Arxiv hujjatlarini shahar ichida tashish arxiv xodimi kuzatuvida, usti yopiq avtomashinalarda amalga oshiriladi.
Arxiv hujjatlarini uzoq masofalarga qoplamaga o‘ralgan holda, yopiq transport vositalarida, transportning belgilangan turiga muvofiq qimmatbaho yuklarni tashish qoidalariga asosan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |