Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar qaysi normativhuquqiy hujjatga asosan tashkil etilgan


Arxiv ko‘chirmasi deganda qanday arxiv hujjati tushuniladi


Download 27.86 Kb.
bet6/12
Sana14.05.2023
Hajmi27.86 Kb.
#1460774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Notarial arxivlar faoliyati

27. Arxiv ko‘chirmasi deganda qanday arxiv hujjati tushuniladi.
arxiv ko‘chirmasi – arxiv hujjati matnining muayyan bir fakt, voqea, shaxsga tegishli qismi so‘zma-so‘z bayon etilgan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
28. Arxiv nusxasi deganda qanday arxiv hujjati tushuniladi.
arxiv nusxasi – tegishli tartibda tasdiqlangan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan arxiv hujjatining so‘zma-so‘z bayon etilgan nusxasi;


29. Arxiv ma’lumotnomasi deganda qanday arxiv hujjati tushuniladi.
arxiv ma’lumotnomasi - yuridik kuchga ega bo‘lgan va surovnoma asosidagi hujjatli ma’lumotga ega bo‘lgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko‘rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
30. Adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxiv tomonidan bepul amalga oshiriladigan qanday xizmat turlari mavjud.
a) arxiv hujjatlaridan foydalanish va o‘quv zalida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish;
b) ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarni bajarish, xususan, mehnat faoliyati va ish haqini tasdiqlash to‘g‘risidagi, yuridik shaxsni qayta nomlash to‘g‘risidagi, o‘quv muassasalarida o‘qiganlikni tasdiqlash to‘g‘risidagi, mukofotlanganlik to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini berish;
v) arxiv ma’lumotnomalarini va arxiv hujjatining ko‘chirma nusxalarini qog‘ozda va elektron jismlarda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga taqdim etish;
g) huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatiga ko‘ra arxiv hujjatlarini vaqtincha foydalanish uchun 3 oy muddatgacha taqdim etish;
d) arxivlarning jamlash manbalaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (bundan keyingi o‘rinlarda — MAF deb yuritiladi) tarkibiga kiritilgan, belgilangan idoraviy saqlov muddati tugagan hujjatlarni tartibga keltirilgan holda doimiy saqlash uchun qabul qilib olish.
31. Arxiv hujjatlarining saqlanishini ta’minlash bo‘yicha umumiy talablar.
Arxivda arxiv hujjatlarini saqlash me’yoriy sharoitlarni yaratish, me’yoriy tartiblarga rioya etish va arxiv hujjatlari saqlovini to‘g‘ri tashkil etish, yo‘qolishi va o‘g‘irlanishini bartaraf etuvchi, shuningdek ularning normal fizik holatini saqlab turuvchi tadbirlar kompleksi orqali ta’minlanadi.
Arxiv hujjatlarini saqlashning me’yoriy sharoitlari quyidagilar asosida ta’minlanadi:
arxivlarga mos bino va xonalar ajratish;
arxiv binolari va xonalarida maqbul (me’yoriy) yong‘inga qarshi, qo‘riqlash, harorat va namlik, yorug‘lik, sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratish;
arxiv hujjatlarini saqlash va joyini o‘zgartirish uchun maxsus vositalarni (stellajlar, shkaflar, seyflar, qutilar, papkalar va boshqalarni) qo‘llanish.
Arxiv arxiv hujjatlarini saqlash uchun maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan binoda, yong‘in kelib chiqishi xavfi bo‘lgan obyektlar va havoni ifloslantiruvchi sanoat obyektlaridan uzoqda joylashtiriladi.
Asosiy turdagi xonalarning tarkibi, joylashuvi, jihozlanishi arxiv hujjatlarining ular bilan ishlashning barcha uchastkalarida saqlanishini, ishlar texnologiyasi talablariga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi, shuningdek arxiv tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro oqilona hamkorligini ta’minlashi lozim. Asosiy maqsaddagi xonalarga quyidagilar kiradi:
arxiv saqlovxonasi;
arxiv xodimlarining ish xonalari;
arxiv hujjatlarini qabul qilish va vaqtincha saqlash, maqbul iqlim yaratish uchun xonalar;
zararlangan arxiv hujjatlarini izolatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya qilish xonalari;
arxiv hujjatlarini changdan tozalash, muqovalash va ta’mirlash xonalari;
arxiv hujjatlari (mikro, ksero, foto nusxalarini olish, fotota’mirlash va boshqalar)dan nusxa olish va ta’mirlash, plyonkani qayta ishlash va audiovizual hujjatlarni texnik nazoratdan o‘tkazish xonalari;
hisob hujjatlarini saqlash xonalari;


Download 27.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling