Veterinariya xizmatining tuzilishi


Download 450.25 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi450.25 Kb.
#1478004
  1   2   3
Bog'liq
Veterinariya xizmatining tuzilishi

Veterinariya xizmatining tuzilishi

 

Reja:

 

  • Veterinariya xizmati va uning asosiy vazifalari
  • Veterinariya jihozlari va hayvonlarni cho’miltirish gigiyenasi.
  • Hayvon o’liklarini zararsizlantirish, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya tadbirlari.
  •  

  • Veterinariya xizmati va uning asosiy vazifalari - Davlat veterinariya xizmati tizimining asosiy vazifasi shaxsiy va jamoatchilik chorva mollarini veterinariya sanitariya jihatdan Sog’ligini ta’minlash, chorvachilik mahsulotlarini ko’paytirish, sifatini yaxshilash hamda insoniyatni har xil yuqumli va invazion kasalliklardan saqlashga qaratilishi kerak. O’zbekistonda veterinariya fani sobiq ittifoq davrida taraqqiy etdi. Hozirgi kunda mamlakatimizda veterinariya ilmiy tekshirish instituti, biokombinat, veterinariya laboratoriyalari va boshqa maxsus veterinariya muassasalari muvaffaqiyatli ishlab turibdi. Hozirgi kunda veterinariya xizmatini yaxshi tashkil qilmasdan turib chorvachilikni rivojlantirib bo’lmaydi. Doimiy rivojlanib borayotgan chorvachilikda e’tiborni chorvachilik mahsulotlarini ko’paytirish bilan sog’likni saqlashga qaratish lozim.
  • Veterinariya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardir.
  • a) Chorva mollari, parrandalar bosh Sonini ko’paytirish, mahsuldorligini oshirish va turli kasalliklardan saqlash hamda davolash.
  • b) Chorvachilik mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, sotish, tashish, hamda chiqarilgan mahsulotlarni sifatini nazorat qilish.
  • v) Insoniyatni har xil zooantroponoz kasalliklaridan saqlash.
  • Xalq xo’jaligi tarmoqlarida veterinariya xizmatining roli katta. Jumladan chorvachilikda, go’sht, sut kombinatlarida, konserva zavodlarida, muzlatgichlarda, junni qayta ishlash, teri va chiqindi (util) zavodlarida, temir, suv va havo yo’l transportida, chorva mollari va mahsulotlarini import-eksport qilishda va h.k. Bundan tashqari o’rmon xo’jaligida, konlarda, tog’ ishlarida, qurilish joylarida, ichki ishlar va harbiy chegara qushinlarida veterinariya xizmati solmoqlidir. Chorva mollari orasida uchraydigan kasalliklarni davolash va unga qarshi kurash uchun sarflangan harajatlar juda katta zarar keltiradi. Bundan tashqari majburiy suyish, bosh Sonini kamayishi, hayvonlarni qisir qolishi, bola tashlashi, tirik vaznini yo’qotishi, mahsulotni kamayishidan million-million so’m zarar kelib chiqadi. Misol: GNKI (davlat ilmiy nazorat instituti) ma’lumoti bo’yicha kasalliklarda turli veterinariya-sanitariya tadbir choralari, karantin va boshqa ishlar uchun ketgan harajatlar hisoblanganda 1 bosh sigirga - 31 so’m, chuchqaga - 6 So’m, qo’yga - 3,5 so’m zarar to’g’ri kelgan. Buni kasallangan minglab, millionlab mollarda hisoblang qancha zarar bo’ladi. Gelmintoz kasalliklardan suyilgan mollar go’shtini 86% i yaroqsiz bo’lishi aniqlangan. Sigirlarning fassiolyoz kasalligida suti 20-40 % ga, qo’y diktiokaulyozida juni 10-25 %ga, tirik vazni esa 10% ga kamayadi, teri kasalliklaridan qichimada (chestoka) qo’ylar juni 50% gacha, qoramollar gipodermatoz kasalligida terisi 30% gacha puchak qilinadi va suti 10 % ga kamayadi.
  • Mamlakatimizda veterinariya xizmati Veterinariya qonuni va Nizomiga ega bo’lib, veterinariya mutaxassisi joylarda davlat vakili hisoblanadi. Veterinariya nizomiga chorvachilik bilan shug’ullanadigan barcha vazirliklar, dehqon va fermer xo’jaliklar rahbarlari buysinishi va uning talablarini bajarishi majburiydir.
  • O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jalik vazirligi qoshida davlat bosh veterinariya boshqarmasi mavjud bo’lib, mamlakatimiz hududidagi barcha veterinariya ishlarini boshqaradi va nazorat qiladi. Bundan tashqari chet davlatlar veterinariya xizmatlari va xalqaro veterinariya uyushmalari bilan chambarchas aloqada bo’ladi (SEV, xalqaro epizootik byuro, butun jahon veterinariya assosiasiyasi). Veterinariya organlariga tuman veterinariya davolash stansiyasi vterinariya uchastka va punkti, shahar, viloyat va respublika veterinariya - bakteriologik laboratoriyalari hamda dezinfeksiya otryadlari, sut-go’sht mahsulotlarining sifatini nazorat qilish laboratoriyalari, shahar veterinariya stansiyasi, qo’tirish kasalligiga qarshi kurash stansiyasi kiradi.
  • Chorvachilik xo’jaliklarida veterinariya xizmati xo’jalikni yuqumli kasalliklardan quriqlash, xo’jalikka keltirilgan mollarni tekshirish, qochirishdan oldin nasllik buqa, sigirlarni tekshirish, mollarni saqlash, mikroiqlim ko’rsatgichlarini ta’minlash, oziqlantirish, sug’orish, Sog’ish, sutni qayta ishlash, mollarni sotish, sotib olish, go’shtga jo’natish ishlarida ishtirok etadi. Teri va muyna, jun, yol va dum juni, tivit, par, suyak, shox, tuyoq, sut, go’sht, tuxum kabi mahsulotlarni qabul qilib oladigan kishilar veterinariya sanitariya qoidalariga rioya qilish kerak. Ularni saqlaydigan joylar dezinfeksiya qilinadi, transportlar tozalanib dezinfeksiya qilinadi. Agar xo’jalikda biron bir epizootiya tarqalsa instruksiya bo’yicha veterinariya mutaxassisi tomonidan xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlarini olish to’xtatiladi. Umuman aholidan sotib olingan hamma xom-ashyo va mahsulotlar tekshiriladi hamda ular qayerdan, kimdan olinganligi aniqlanadi. Agar teridan kuydirgi, jundan tulyaremiya va boshqalar topilsa maxsus qayta ishlangandan keyin jo’natiladi.

Download 450.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling